May: 3-hafta taomnomasi
Taomnonama ro’yxatini oldindan tuzib qo’ying va anchagina vaqtingizni tejang.
Dushanba
Pomidorli qaylada pishirilgan frikalaedkalar, qovurilgan qovoqchalar va mazali keks
Bu tayyorlaydigan taomimiz italyan oshxonasiga mansub bo’lib, frikadelkalarga parmezan pishlog’i solinadi va pomidorli qayla bilan birga tortiladi.
Seshanba
Do’lma, tuxum va rediskali salat
Do’lma – bu ko’pchiligimizning sevimli taomlarimizdan biri bo’lib, hozir yosh tok barglaridan uni tayyorlashning ayni fursatidir.
Chorshanba
Sabzavotli tovuq sho’rva va pentuza salati
Bizning bu tovuqli sho’rvamiz juda mazali, to’yimli, shu bilan birga vitaminlarga boy ovqat hisoblanadi. Pentuza salati bizlarning eng sevimli salatlarimizdan biridir. Bu salatni bizning usulda tayyorlasangiz, haqiqiy koreyscha pentuzadan umuman farq qilmasligiga guvoh bo’lasiz.
Payshanba
Qo’ziqorin va pishloq qo’shilgan tovuqli taom
Tovuqli taomlarni xush ko’ruvchilar uchun ajoyib retsept! Qo’ziqorin va pishloq qo’shib pishiriladigan mazali tovuqli taom. Bunday ajoyib uyg’unlikdagi taom, har bir oila a’zolaringizga yoqishi aniq.
Juma
Okroshka va tvorogli somsalar
Hozirgi jazirama kunlarda ishtaha umuman yo’qoladi. Shunday paytda ko’pchilikka sevimli bo’lgan yaxna sho’rva asqotadi. Ana shunday yaxna sho’rvalardan biri bu – okroshka.
Shanba
Mol go’shtidan stir-fray taomi
Bu taom Stir-fray bo’lib, bu usulda taom dimlanmasdan balki, yuqori olovda ketma-ket qovurib olinadi. Sabzavotlar bunda o’zining foydali xususiyatlarini yo’qotishmaydi.
Yakshanba
«Dangasa» tovuq oyoqchalari, koreyscha sabzili salat. Shokolad va yong’oqli o’rama pirog.
Pazandachilikda hech narsadan xabari yo’q, endi o’rganishni boshlayotganlar ham pishira oladigan oddiy va mazali retseptlarimizdan birini bugun sizlarga taklif qilamiz. Bu ovqatni yaxshiroq hazm qildirish uchun esa bizda maxsus salat ham bor. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
3 Sharhlar Hide Comments
Izohingizni yozib qoldiring
Izoh qoldirish uchun tizimga kirishingiz kerak.
Bugun qaysi taom qilsam ekan? deb har kuni bosh qotiraman. Hafta menyusi menga juda as qotyapti. Har kungi bosh qotirishdan qutildim. Raxmat kattakon.
Assalomu aleykum! Sizga yoqqanidan boshimiz ko’kka yetdi 🙂
baraka topila )))