Shokolad va yong’oqli o’rama pirog

Shokolad va yong’oqli o’rama pirog

Masalliqlar:

  • Asosiga:

Yo’nalishlar

Yangiliklarga boy, original retseptlarni berishda davom etamiz. Har kuni yangidan-yangi ma’lumotlarga ega bo’lib, oshxonadagi mahoratingizni oshirayotgan bo’lsangiz bundan bizlar faqatgina shodlanamiz.

Bugun bizlar ajoyib ko’rinishdagi, shokolad va yong’oqqa to’yintirilgan o’rama pirog pishiramiz. Agarda siz ham xuddi shunday pirog pishirsangiz, yaqinlaringizni ko’zini quvotirgan bo’lardingiz.

Masalliqlar:

100 millilitr sut
60 gramm sariyog'
60 gramm shakar
qoshiq xamirturush uchun 1 choy shakar
100 millilitr iliq suv
7 gramm quruq xamirturush
2 ta tuxum
550 gramm un
Asosiga:
30 gramm sariyog'
100 gramm shakar
2 osh qoshiq dolchin
30 gramm kakao kukuni
100 gramm yong'oq
Qadam 1
Tugllandi

Kichikroq idishga iliq suv, xamirturush va choy qoshiq shakarni solib aralashtiramiz.

Ustini sochiq bilan yopib, shishgunicha 10 daqiqaga olib qo'yiladi.

Qadam 2
Tugllandi

Bu vaqt mobaynida sut, sariyog' va shakarni bitta idishga solamiz va gaz plitasiga qo'yib, sariyog' erigunicha qizdiriladi.

So'ng sovutib olamiz.

Qadam 3
Tugllandi

So'ng sutli aralashma va xamirturushni solib aralashtiramiz.

Un solib yaxshilab aralashtiramiz va xamir qoramiz.

Qadam 4
Tugllandi

Xamirni ustini yelim qog'oz bilan yopib, 30-40 daqiqaga chetga olib qo'yiladi.

Xamir ikki hissaga shishib chiqishi kerak.

Qadam 5
Tugllandi

Asosi uchun mo'ljallangan sariyog'ni eritib olamiz.

Shakar, kakao, dolchin va yong'oqni alohida idishga solib aralashtiramiz.

Qadam 6
Tugllandi

Tayyor xamirni 1 sm qalinlikda to'rtburchak shaklda yoyamiz.

Qadam 7
Tugllandi

Xamirni ustiga sariyog' surtamiz va yong'oqli aralashmani bir tekis qilib sepamiz.

Qadam 8
Tugllandi

Xamirni rulet qilib o'raymiz.

Tayyor ruletni ko'ndalagiga kesamiя va aylantirib chiqamiz.

Jgutga o'xshagan bu o'ramani ikkita uchini bir joyga birlashtirib, yana aylantirib chiqamiz.

Qadam 9
Tugllandi

Tayyor bu xamirni keks uchun mo'ljallangan to'g'ri to'rtburchak qolipga solib chiqamiz va ustini 20 daqiqaga sochiq bilan yopib qo'yamiz.

Belgilangan vaqt o'tgandan keyin pirogning ustiga tuxum sarig'i surtamiz.

Qadam 10
Tugllandi

So'ng 175 C da qizdirilgan gaz pechida 25-30 daqiqa davomida pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha
  • 175 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

100 millilitr sut
60 gramm sariyog'
60 gramm shakar
qoshiq xamirturush uchun 1 choy shakar
100 millilitr iliq suv
7 gramm quruq xamirturush
2 ta tuxum
550 gramm un
Asosiga:
30 gramm sariyog'
100 gramm shakar
2 osh qoshiq dolchin
30 gramm kakao kukuni
100 gramm yong'oq
oldingi
Qatlamali xamirdan somsalar
keyingi
“Alfredo” qaylali pasta

Fikringiz