fbpx
Oddiy olmali pirog

Oddiy olmali pirog

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Tayyorlanilishi juda oson, ammo juda mazali, dolchin qo’shib pishirilgan olmali pirog retsepti bilan hoziroq tanishib oling.

Bu retseptda biz xamir uvalanib ketadigan chiqishi uchun nimalar qilish mumkinligi haqida ham gapirib o’tamiz.

Tayyorlaniladigan pirogga taxminan 10 000 so’m pul sarflaniladi.*

*mahsulot narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Adjust Servings:
180 gramm un
1,5 choy qoshiq qabartma
0,5 choy qoshiq dolchin
85 gramm sariyog'
175 gramm shakar
1 ta tuxum
120 millilitr sut
2-3 ta olma
Qadam 1
Tugllandi

Tog'orachaga un, dolchin va qabartmani solamiz.

Yaxshilab, iloji bo'lsa venchikda aralashtirib olamiz. Qanchalik yaxshi aralashirsangiz, xamir ham shunchalik silliq chiqadi.

Qadam 2
Tugllandi

Boshqa kattaroq tog'orachaga xona haroratidagi sariyog' va shakarni solib aralashtirib olamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Mikserda yaxshilab ko'pirtiramiz.

Muhim! Bunday ko'pirtirilgan sariyog' pirogni yanada uvalanuvchan chiqishiga sabab bo'ladi.

Tuxum solib yana ko'pirtiramiz va ustidan sutni solamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Quruq masalliqlarni solamiz va biroz, hammasi birlashguncha aralashtirib olamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Aylanasi 18 sm li qolipga sariyog' surtib, un sepamiz.

Qadam 6
Tugllandi

Olmani po'stidan archib, parrak-parrak qilib to'g'rab oling.

Maslahat: iloji bo'lsa, olmalarning har xil turlaridan foydalaning, shunda pirrog umuman o'zgacha ta'mda chiqadi.

Qadam 7
Tugllandi

Xamirni qolipga quyib, ustidan olma bo'lakchalarini terib chiqing.

Ozroq shakar va dolchinni aralashtirib, uni pirogning ustidan seping.

Qadam 8
Tugllandi

Pirogni 180 C haroratda qizdirilgan gaz pechida avva 10 daqiqa, so'ng haroratni 155 С ga tushirib, 30-40 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Agarda pirog ichi pishib, usti uncha qizarmagan bo'lsa, unda haroratni 175-180 ga ko'tarib, 2-3 daqiqa davomida pishiring.

Qadam 9
Tugllandi

Pirogni qolipda sovuting va keyingina undan ajratib oling.

Muzqaymoq yoki biron bir xushbo'y choy bilan birga dasturxonga torting.

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning o'zbek tilidagi telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • 60 daqiqa
  • Serves 6
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Adjust Servings:
180 gramm un
1,5 choy qoshiq qabartma
0,5 choy qoshiq dolchin
85 gramm sariyog'
175 gramm shakar
1 ta tuxum
120 millilitr sut
2-3 ta olma
oldingi
Tvorogli dip
keyingi
Videoretsept: kivi va yong’oqlar bilan pishirilgan pirog

Fikringiz