Videoretsept: Mol go’shtidan stir-fray taomi

Videoretsept: Mol go’shtidan stir-fray taomi

Masalliqlar:

  • Qaylasiga:

Yo’nalishlar

Siz azizlarni yangidan-yangi mazali retseptlarimiz bilan xursand etishda davom etamiz. Bir xil taomnomalardan endi voz kechamiz va taomnomamizni turli-tuman yorqin taomlar bilan boyitishning vaqti keldi!

Bu borada Zira.uz jamoasi sizga beminnat yordam bera oladi.

Bugungi bizning taom Stir-fray bo’lib, bu usulda taom dimlanmasdan balki, yuqori olovda ketma-ket qovurib olinadi. Sabzavotlar bunda o’zining foydali xususiyatlarini yo’qotishmaydi.

Masalliqlar:

Adjust Servings:
400 gramm mol go'shti
200 gramm shampinyon
1 bosh piyoz
yarimta qizil bulg'or qalampiri
yarimta sariq bulg'or qalampiri
yarim banka konservalangan yashil no'xot
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
2 ta tishcha sarimsoqpiyoz
ta'mga qarab tuz va murch
ta'bga qarab yanchilgan achchiq qalampir
Qaylasiga:
4 osh qoshiq soya qaylasi
2 choy qoshiq shakar
1 choy qoshiq makkajo'xori kraxmali
0.5 choy qoshiq maydalangan zanjabil
Qadam 1
Tugllandi

Barcha sabzavotlarni tayyorlab to'g'rab olamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Go'shtni 0.5 sm qalinlikda uzun-uzun to'g'rab olamiz.

Tuz va murchni ko'proq sepamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Sabzavotlarni o'rtacha kattalikda to'g'rab olamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Vok yoki kengroq tovaga yog'ni solib, qizdiramiz.

Qadam 5
Tugllandi

Avval piyozni solib, qovurib olamiz.

Qadam 6
Tugllandi

Go'shtni solamiz va tinmasdan kovlab turamiz.

Baland olovda 3 daqiqa davomida qovuramiz.

Qadam 7
Tugllandi

Olovni pasaytirmasdan bulg'or qalampiri va brokkolini ham solamiz.

Qadam 8
Tugllandi

Yashil no'xat va sarimsoqpiyozni ham solib, ikki daqiqa davomida qovuramiz.

Qadam 9
Tugllandi

Sabzavotlar yumshashi kerak, lekin ezilib ham ketmasligi kerak.

Tuz va murchni sepib olamiz.

Qadam 10
Tugllandi

Qaylani tayyorlab olamiz: soya qaylasi, shakar, maydalangan zanjabil va kraxmalni solib aralashtiramiz.

Qadam 11
Tugllandi

Ovqatimizning ustidan solib, 20 soniya aralashtirib qovuramiz va olovni o'chiramiz.

Taomni issiqligida darhol tortish kerak. Ustini mayda to'g'ralgan ko'katlar bilan bezatishigiz mumkin. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • 30 daqiqa
  • Serves 4
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Adjust Servings:
400 gramm mol go'shti
200 gramm shampinyon
1 bosh piyoz
yarimta qizil bulg'or qalampiri
yarimta sariq bulg'or qalampiri
yarim banka konservalangan yashil no'xot
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
2 ta tishcha sarimsoqpiyoz
ta'mga qarab tuz va murch
ta'bga qarab yanchilgan achchiq qalampir
Qaylasiga:
4 osh qoshiq soya qaylasi
2 choy qoshiq shakar
1 choy qoshiq makkajo'xori kraxmali
0.5 choy qoshiq maydalangan zanjabil
oldingi
“Kafe” kafesidan retsept: tvorogli quymoqchalar
keyingi
“Napoleon” torti

Fikringiz