«Smak» salati

«Smak» salati

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

“Smak” salati juda ommabop bo’lib, u deyarli barcha restoran-u kafelarning menyusiga kiritilgan. Lekin uni osongina uyda ham tayyorlashingiz mumkin.

Bu salat uncha ko’p masalliqlarni talab qilmaydi, unga kerakli mahsulotlar deyarli hammaning muzlatgichidan topiladi.

Quritilgan qarsildoq non bo’laklari, mazali pomidor, xushbo’y sarimsoqpiyoz hamda pishloq – bunday yegulik bemaza bo’lishi mumkinmi? Axir juda sevib iste’mol qilinishi bejiz emas! Keling uni birga tayyorlaymiz, bu juda oson.

Masalliqlar:

4 ta pomidor
100 gramm pishloq
100 gramm quritilgan non bo'laklari
2 tishcha sarimsoqpiyoz
100 gramm mayonez
2-3 shoxcha shivit
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugllandi

Pomidor va pishloqni o’rtacha to'rtburchak shaklda to’g’rang, chuqurroq salat idishiga yo’llang.

Qadam 2
Tugllandi

Shivitni mayda to’g’rang va pomidor bilan pishloq safiga qo’shing.
Sarimsoqpiyozni ezib soling.

Qadam 3
Tugllandi

Dasturxonga tortishdan oldin quritilgan non bo'laklari va mayonez solib yaxshilab aralashtiring va ta'bga ko'ra tuz va murch seping.

Yangi yil dasturxoningizda mazali retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

4 ta pomidor
100 gramm pishloq
100 gramm quritilgan non bo'laklari
2 tishcha sarimsoqpiyoz
100 gramm mayonez
2-3 shoxcha shivit
ta'bga qarab tuz va murch
oldingi
Uy sharoitida tayyorlangan xorovats salati
keyingi
Grilda qovurib pishirilgan shaftolili salat

Fikringiz