Pomidorli qaylada pishirilgan frikalaedkalar

Pomidorli qaylada pishirilgan frikalaedkalar

Taomlari:

Masalliqlar:

  • Frikadelkalar uchun:

  • Qaylasi uchun:

Yo’nalishlar

Bugungi tayyorlaydigan taomimiz italyan oshxonasiga mansub bo’lib, frikadelkalarga parmezan pishlog’i solinadi va pomidorli qayla bilan birga tortiladi.Xohishga qarab siz 4 ta katta pomidorlardan foydalanishingiz ham mumkin. Bunda ularni po’stidan ajratib, blenderda maydalab olasiz.

Quyidagi masalliqlardan 20-25 ta frikadelkalar hosil bo’ladi.

Masalliqlar:

Adjust Servings:
Frikadelkalar uchun:
500 gramm qiyma
1 bosh piyoz
1 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
1 ta tuxum
1 bog' petrushka
30 gramm maydalangan suxari
40 gramm qirg'ichdan chiqarilgan parmezan pishlog'i
ta'bga qarab tuz va murch
0,5 choy qoshiq quritilgan rayhon
ta'bga qarab timyan
1 osh qoshiq o'simlik yog'i
Qaylasi uchun:
400 gramm o'z sharbatiga yopilgan pomidorlar
100 gramm pomidor cherry
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
200 millilitr sabzavotli yoki tovuqli bulyon
4-5 ta yashil rayhon yaproqchalari
1 choy qoshiq shakar
ta'bga qarab tuz va murch
4 osh qoshiq o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugllandi

Piyoz va sarimsoqpiyozni go'shtqiymalagichdan chiqarib, qiyma ustidan solamiz.

Qadam 2
Tugllandi

So'ng tuxum, maydalangan suxari, qirg'ichning mayda tishchasidan chiqarilgan pishloq, mayda to'g'ralgan petrushkani solamiz.

Tuz, murch va qolgan ziravorlarni sepib, yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugllandi

Qiymadan koptokchalar yasab olamiz, kattaligi yong'oqdek kelsin.

Qolipimizni yog'lab olamiz va ichiga frikadelkalarni terib chiqamiz.

Qadam 4
Tugllandi

230 C darajada qizdirilgan gaz pechida 10-15 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Sarimsoqpiyozni mayda to'g'rab olamiz. Yog' solingan tovada uni qovurib olamiz.

Qadam 6
Tugllandi

Cherry pomidorlarini to'rtga yoki ikkiga bo'lib, sarimsoqpiyoz ustidan solamiz.

Ikki daqiqacha qovurib, so'ng ustidan o'z sharbatida yopilgan pomidorlarni, bulyon, tuz, shakar va qolgan ziravirlarni solamiz.

Qadam 7
Tugllandi

Qaylani 10 daqiqa davomida dimlab pishiramiz va keyin ochib, rayhon yaproqchalarini solamiz.

Qadam 8
Tugllandi

Qaylaning ichiga pishirilgan frikadelkalarni terib chiqamiz.

Ustidan mayda to'g'ralgan petrushka va parmezan pishlog'ini sepib, dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha.

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • 50 daqiqa
  • Serves 6
  • O’rtacha
  • 230 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Adjust Servings:
Frikadelkalar uchun:
500 gramm qiyma
1 bosh piyoz
1 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
1 ta tuxum
1 bog' petrushka
30 gramm maydalangan suxari
40 gramm qirg'ichdan chiqarilgan parmezan pishlog'i
ta'bga qarab tuz va murch
0,5 choy qoshiq quritilgan rayhon
ta'bga qarab timyan
1 osh qoshiq o'simlik yog'i
Qaylasi uchun:
400 gramm o'z sharbatiga yopilgan pomidorlar
100 gramm pomidor cherry
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
200 millilitr sabzavotli yoki tovuqli bulyon
4-5 ta yashil rayhon yaproqchalari
1 choy qoshiq shakar
ta'bga qarab tuz va murch
4 osh qoshiq o'simlik yog'i
oldingi
Videoretsept: Yopiq pitsa
keyingi
Qovoqchadan pishirilgan quymoqchalar

Fikringiz