fbpx
Videoretsept: Shokoladli keks

Videoretsept: Shokoladli keks

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Shokoladni yaxshi ko’ruvchilarga bu keks albatta yoqadi. Ayniqsa unga bodom o’zgacha maza bag’ishlaydi.

Bu pishiriqni pishirish juda oson bo’lib, bunda sizga binning videoretseptimiz yordam beradi.

Masalliqlar:

Adjust Servings:
175 gramm yumshatilgan sariyog'
175 gramm shakar
3 ta tuxum
140 gramm un
85 gramm maydalangan bodom
0,5 choy qoshiq qabartma
100 millilitr sut
4 osh qoshiq kakao
50 gramm shokoladli tomchilar yoki 50 gramm shokoladli plitkani maydalab ishlatish ham mumkin
ta'bga qarab oq shokoladli tomchilar
ta'bga qarab sutli shokolad
ta'bga qarab qora shokolad
Qadam 1
Tugllandi

Barcha masalliqlarni tayyorlab olamiz. Gaz pechini 160 °C ga yoqib qo'yamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Sariyog' va shakarni oqargunigacha yaxshilab mikserda ko'pirtiramiz. Taxminan 5-7 daqiqa.

Qadam 3
Tugllandi

Navbatma-navbat tuxum, un, bodom, qabartma, sut va kakaoni solamiz. Mikserda yaxshilab ko'pirtiramiz.

Qadam 4
Tugllandi

Shokoladli tomchilarni solamiz, agarda ular bo'lmasa unda shokoladli plitkani pichoqda maydalab solamiz. Qoshiqda aralashtiramiz.

Qadam 5
Tugllandi

Qolip ostiga pergament qog'oz to'shaymiz, chetlariga sariyog' surtamiz. Bizlar 900 grammli uzunchoq qolipdan foydalandik.

Agarda siz qolipingizni hajmini bilmasangiz unda unga suv quying va o'sha suv hajmini o'lchang.

Qadam 6
Tugllandi

Xamirni qolipga solib, 160 °C haroratgacha qizdirilgan gaz pechiga qo'yib, 55 daqiqa pishirib olamiz.

Tayyor bo'lganini gugurtcho'p bilan tekshirib ko'ramiz.

Qadam 7
Tugllandi

Shokoladlarni har birini alohida-alohida suv bug'ida eritib olamiz va sovigan keks ustiga chiroyli quyib chiqamiz. Yoqimli ishtaha!

  • 1 soat 20 daqiqa
  • Serves 4
  • Oddiy
  • 160 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Adjust Servings:
175 gramm yumshatilgan sariyog'
175 gramm shakar
3 ta tuxum
140 gramm un
85 gramm maydalangan bodom
0,5 choy qoshiq qabartma
100 millilitr sut
4 osh qoshiq kakao
50 gramm shokoladli tomchilar yoki 50 gramm shokoladli plitkani maydalab ishlatish ham mumkin
ta'bga qarab oq shokoladli tomchilar
ta'bga qarab sutli shokolad
ta'bga qarab qora shokolad
oldingi
Quymoqli tort
keyingi
Yeryong’oqli pasta va banandan tayyorlaniladigan nonushta

Fikringiz