Do’lma

Do’lma

Masalliqlar:

  • Qaylasiga:

Yo’nalishlar

Do’lma – bu ko’pchiligimizning sevimli taomlarimizdan biri bo’lib, hozir yosh tok barglaridan uni tayyorlashning ayni fursatidir.

Bu taom nafaqat mazali, balki juda foydali bo’lib, tok barglari ovqat hazm qilishni yaxshilab, organizmdagi moddalar almashinuvi jarayonini normallashtiradi. Bu taom bila birga iste’mol qilish uchun esa smetana va sarimsqpiyozdan ajoyib qayla tayyorlashingiz mumkin.

Masalliqlar:

Adjust Servings:
60-80 ta tok barglari
500 gramm mol go'shtidan qiyma
200 gramm piyoz
8 osh qoshiq guruch
100 gramm pomidor
3-4 ta yalpiz yaproqchalari
0,5 choy qoshiq zira
ta'bga qarab tuz va murch
500 millilitr suv yoki bulyon
Qaylasiga:
200 millilitr smetana
4 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
3-4 ta yalpiz yaproqchalari yoki xohlagan ko'katlaringizdan foydalanishingiz mumkin
ta'bga qarab tuz
Qadam 1
Tugllandi

Tok barglarini olib, yaxshilab yuvamiz.

Ustidan qaynoq suv quyib, 5 daqiqa davomida ivitib qo'yamiz.

Maslahat: do'lma uchun iloji bo'lsa yangi uzilgan, yosh tok barglaridan foydalaning. Uning hajmi kaftingizdek bo'lsa, yaxshiroq. Hozir ulardan ko'proq sotib olib, o'zini muzlatgichga solib qo'ysangiz, yil bo'yi undan olib foydalanishingiz mumkin.

Qadam 2
Tugllandi

Piyozni archib, qirg'ichdan chiqarib olamiz.

Pomidorni ham po'stidan archib, qirg'ichdan chiqarib olamiz. yoki blenderda maydalaymiz.

Qadam 3
Tugllandi

Katta idishga qiyma, yuvilgan guruch, mayda to'g'ralgan yalpiz, piyoz va qirg'ichdan chiqarilgan pomidorni solamiz.

Tuz, murch va zirani solib yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugllandi

Tok bargini silliq joyini pastga qilib, taxtakachga qo'yamiz, o'rtasiga yarim osh qoshiqdan qiyma solib, tugib chiqamiz.

Bunda avval tepa qismini qiyma ustidan yopib, so'ng ikki chetini buklaymiz va aylantirib chiqamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Qozon ostigaga bir nechta tok bargini to'shab chiqamiz. Yirtilgan yoki katta, ishlatmaydigan barglarni solamiz. Ustidan tugib chiqqan tok barglarini terib chiqamiz.

Qadam 6
Tugllandi

Do'lmalar ustidan suv yoki bulyonni quyib, ustini lagan yoki kichikroq likopcha bilan yopamiz va ustidan og'irroq narsa qo'yamiz.

Shunda do'lmalarimi pishirish jarayonida ochilib ketmaydi.

Qadam 7
Tugllandi

Qozonni gaz ustiga qo'yamiz va qaynash darajasiga keltiramiz. Qaynash boshlagandan so'ng esa, olovni pasaytirib, 30 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 8
Tugllandi

Pishgan taomni chetga olib qo'yamiz va 10 daqiqaga qoldiramiz. Bu vaqt oralig'ida do'lmalar suvini shimib, yanada mazaliroq ta'm kasb etadi.

Qadam 9
Tugllandi

Smetanali qayla

Ko'kat va sarimsoqpiyozni mayda qilib to'g'raymiz va smetanaga solib, aralashtiramiz. So'ng ta'bga qarab tuz sepamiz.

Do'lmalarni dasturxonga qayla bilan birga tortamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • 60 daqiqa
  • Serves 6
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Adjust Servings:
60-80 ta tok barglari
500 gramm mol go'shtidan qiyma
200 gramm piyoz
8 osh qoshiq guruch
100 gramm pomidor
3-4 ta yalpiz yaproqchalari
0,5 choy qoshiq zira
ta'bga qarab tuz va murch
500 millilitr suv yoki bulyon
Qaylasiga:
200 millilitr smetana
4 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
3-4 ta yalpiz yaproqchalari yoki xohlagan ko'katlaringizdan foydalanishingiz mumkin
ta'bga qarab tuz
oldingi
Qovoqchadan pishirilgan quymoqchalar
keyingi
Ispancha desert “Natil’ya”

Fikringiz