Uy sharoitida tayyorlangan koreyscha sabzili salat

Uy sharoitida tayyorlangan koreyscha sabzili salat

Taomlari:

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

O’zbekistonda koreyscha sabzili salatni yoqtirmaydiganlar topilmasa kerak. Bugun bizlar bu salatni tayyorlashdagi barcha sirlarni ochib beramiz.

Bu salat uchun sabzini to’g’ri tanlash juda muhimdir –  sabzi butun va yorqin rangda bo’lishi kerak, quruq sabzidan umuman foydalanmang. Sabzining dum qismiga e’tibor bering, agar u yashjil rangda bo’lib, sabzining 1/3 qismini egallasa – bunday mahsulotni ishlatib bo’lmaydi. Sabzini tayyorlashdan oldin ozroq bo’lagini ta’tib ko’ring – taxir bo’lmasin.

Tayyorlash jarayonida tuzini ta’tib ko’ring, me’yorida bo’lsin. Sirkadan ham xuddi shunday foydalaning.

Masalliqlar:

4 ta qizil sabzi
1 bosh piyoz
2 ta tishcha sarimsoqpiyoz
5 osh qoshiq o'simlik yog'i
1,5 osh qoshiq tuz
1/3 choy qoshiq qora murch
1/3 choy qoshiq tuyilgan kashnich
1/3 choy qoshiq achchiq qalampir
1/3 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
1 choy qoshiq shakar
1 osh qoshiq 70% sirka
1 bog' kashnich
Qadam 1
Tugllandi

Sabzini maxsus koreyscha salat uchun mo'ljallangan qirg'ichdan o'tkazamiz, tuzlab, suvi chiqishi uchun 20 daqiqa chetga olib qo'yamiz.

Agar sabzi taxirroq bo'lsa, unda uni tuzli suvda ivitib qo'ying.

Qadam 2
Tugllandi

Tovaga yog' solib, piyozni qovurib olamiz va sovutamiz.

Agar achchiqroq qilmoqchi bo'lsangiz, unda piyozga qizil qalampirdan sepasiz va birga qovurasiz.

Qadam 3
Tugllandi

Sabzi suvini chiqarib bo'ldi, agar u taxirroq bo'lsa, suvini siqib tashlang, agar shirin bo'lsa unda shart emas.

Qadam 4
Tugllandi

Sabzining ustidan qovurilgan piyozni solamiz, kashnich, murch, tuz solib, sarimsoqpiyozni ham ezib yoki mayda to'g'rab solamiz.

Ustidan 70% li sirkani suv bilan 1:1 aralashtirib solamiz.

Shakarni ozroq suvga solib eritamiz va salatga qo'shamiz.

Agar sizning sirka 9% li bo'lsa, unda uni suv bil;an aralashtirmang, o'zini 3 osh qoshiq soling.

Qadam 5
Tugllandi

Barchasini yaxshilab aralashtiring va oxirida kashnichni kattaroq to'g'rab soling.

Salatni 15-20 daqiqaga olib qo'yamiz, so'ng esa dasturxonga tortishingiz mumkin. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

4 ta qizil sabzi
1 bosh piyoz
2 ta tishcha sarimsoqpiyoz
5 osh qoshiq o'simlik yog'i
1,5 osh qoshiq tuz
1/3 choy qoshiq qora murch
1/3 choy qoshiq tuyilgan kashnich
1/3 choy qoshiq achchiq qalampir
1/3 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
1 choy qoshiq shakar
1 osh qoshiq 70% sirka
1 bog' kashnich
oldingi
Batafsil fotoretsept: Paramach (belyashi) pishirish
keyingi
Solyanka – quyuq sho’rva

Fikringiz