Videoretsept: Tvorog va ko’katlardan somsa

Videoretsept: Tvorog va ko’katlardan somsa

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bugun tvorog va ko’katlar solib pishirilgan somsalarimizning retseptini sizlarga taqdim etamiz. Bunda tayyor qatlamali xamirdan foydalanamiz.

Bu tvorogli somsalardan pishirishga, to’g’ri biz unchalikm odatlanmaganmiz. Lekin, ikkilanmasdan siz bir marotaba pishirib ko’ring va juda mazali ta’mdan bahramand bo’lgan bo’lasiz.

Quyidagi masalliqlardan 16 dona somsalar chiqadi.

Pishirilgan taomga sarflaniladigan pul taxminan — 13 000 so’m.*

*mahsulot narxi manba chop etilgan vaqtdagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Adjust Servings:
400 gramm tayyor qatlama xamir
350 gramm tvorog
yarim bog'dan xohlagan ko'katlar
ta'bga qarab tuz
bir chimdim shakar
1 osh qoshiq sedana
1 dona tuxum sarig'i
Qadam 1
Tugllandi

Kattaroq tog'orachaga tvorog, to'g'ralgan ko'katlar, tuz va shakarni solib aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugllandi

Qatlamali somsani xona haroratida yumshatib olamiz va 3 mm qalinlikda yoyamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Xamirdan 7x7 sm li to'rtburchaklar kesib olamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Har bir xamirchaga bir osh qoshiqdan tvorogli massa solib chiqamiz va xuddi videolavhamizda ko'rsatilganidek tugib chiqamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Pergament qog'oz to'shalgan patnisga ularni terib, ustidan tuxum sarig'ini surtamiz va sedana sepamiz.

Qadam 6
Tugllandi

180 C da qizdirilgan gaz pechida 15-20 daqiqa davomida pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • 30 daqiqa
  • Serves 6
  • Oddiy
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Adjust Servings:
400 gramm tayyor qatlama xamir
350 gramm tvorog
yarim bog'dan xohlagan ko'katlar
ta'bga qarab tuz
bir chimdim shakar
1 osh qoshiq sedana
1 dona tuxum sarig'i
oldingi
Breadly kafesidan retsept: Tuzli karamel
keyingi
Praga torti

2 Sharhlar Hide Comments

Fikringiz