Avgust: 1- hafta taomnomasi
Assalomu aleykum, aziz pazandalarimiz! Har haftalik taomnomalar ro’yxatini berishda davom etamiz. Darhol qog’oz-ruchka tayyorlangda yaxshilab joylashib oling, chunki bu yerda siz bir haftaga mo’ljallangan taomnomalar ro’yxatini topasiz.
Hafta taomnomalari ro’yxatini tuzish ko’pgina muoammolarga yechim bo’la oladi: oila a’zolari bir xillikdan qutuladi va bir haftalik bozor ro’yxati qo’lingiz ostida shay bo’lib turadi.
Dushanba
Baqlajonli kotletlar, suzma va bodringdan salat va «shaftoli» pishirig’i
Baqlajonlardan tayyorlanilgan kotletlar juda mayin va yoqimli ta’mda chiqadi. Bunda baqlajonlarni avval gaz pechida pishirib olamiz. Bu tayyorlaniladigan taom katta-yu kichikka birdek yoqishi aniq.
Seshanba
Lavashdan tayyorlanilgan lazanya, italyancha salat va yogurtli muzqaymoq
Lavashdan tayyorlaniladigan lazanya taomi bir pastda pishadi va sizdan ko’p vaqtni talab qilmaydi. Shirinlikka esa yogurtli muzqaymoqlardan tayyorlab oila a’zolaringiz, ayniqsa jajji bolajonlaringizni xursand qiling!
Сhorshanba
Tovuq bilan pishirilgan kartoshkali rulet, brinza va baqlajondan tayyorlanilgan to’rtburchaklar, shokoladli
Tovuq go’shti solib pishirilgan kartoshkali rulet sizning taomnomangizga yangilik kiritib, dasturxoningizga ham ko’rk bag’ishlaydi.
Payshanba
Do’lma, tuxum va rediskali salat
Do’lma – bu ko’pchiligimizning sevimli taomlarimizdan biri bo’lib, hozir yosh tok barglaridan uni tayyorlashning ayni fursatidir.
Juma
Okroshka va tvorogli somsalar
Yozning jazirama kunlarida ba’zan ishtaha umuman yo’qoladi. Shunday paytda ko’pchilikka sevimli bo’lgan yaxna sho’rva as qotadi. Ana shunday yaxna sho’rvalardan biri bu – okroshka.
Shanba
Qizil lavlagili yaxna sho’rva
Vitaminlarga boy sabzavotlar tufayli ham bu sho’rva juda mazzali va foydali hisoblanadi. Bu sho’rva tayyor bo’lgandan so’ng bir oz damlab qo’yilsa, yanada ajoyib ta’mga ega bo’ladi.
Yakshanba
Norin, qovurilgan qovoqchalar va mazali keks
Norin o’zbek milliy taomlarining shoh taomlaridan biri bo’lib, u tayyorlagan kun uyingizda bayram bo’lishi aniq.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.