Lavashdan tayyorlanilgan mazali pishiriq

Lavashdan tayyorlanilgan mazali pishiriq

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bugun sizlarga oddiy lavashdan juda mazali pishiriq pishirish sirini sizlarga ham ochib beramiz. Buning uchun tayyor lavashdan foydalanamiz, asosini tayyorlash ham umuman qiyinchilik tug’dirmaydi.

Bunday pishiriqlar issiqligida juda ham mazali bo’lib, sizni qayta va qayta tayyorlashga undashi aniq.

Pishiriladigan taomga taxminan 13 000 so’m sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtdagina amal qiladi.

Masalliqlar:

3 dona lavash
300 gramm tvorog
200 gramm kartoshka
yarim bog' petrushka yoki kashnich
ta'bga qarab tuz va murch
30 gramm qattiq pishloq
qovurish uchun o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugllandi

Piyozni mayda to'g'rab, yog' solingan tovada qovurib olamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Kartoshkani tuzli suvda qaynatib olamiz va ezib, pyure holiga keltiramiz.

Qadam 3
Tugllandi

Tog'orachaga pyure, qovurilgan piyoz, tvorog, pishloq, to'g'ralgan ko'katlarni solamiz, tuz va murch sepib aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugllandi

Lavashingiz katta bo'lsa uni teng uchta lentalarga kesib chiqing. Eni taxminan 10-12 sm bo'lishi kerak.

Qadam 5
Tugllandi

So'ng ikki qoshiqdan tvorogli aralashma solib, xuddi rasmdagidek tugib chiqamiz.

Qadam 6
Tugllandi

Tovaga yog' solib qizdiramiz va pishiriqlarimizni qizartirib qovurib olamiz. Issiqligida dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

3 dona lavash
300 gramm tvorog
200 gramm kartoshka
yarim bog' petrushka yoki kashnich
ta'bga qarab tuz va murch
30 gramm qattiq pishloq
qovurish uchun o'simlik yog'i
oldingi
Qulupnayli murabbo
keyingi
Banan va suli yormasidan tayyorlanilgan smuzi

Fikringiz