Yogurtli muzqaymoq

Yogurtli muzqaymoq

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Qomatingizga zarar keltirmaydigan va vazningizni oshib ketishiga ta’sir ko’rsatmaydigan muzqaymoq tayyorlashni xohlovchilar diqqatiga!

Rezavor mevalar, yogurt va asal solib tayyorlaniladigan bu muzqaymoq nafaqat mazali, balki juda foydali hamdir.

Masalliqlar:

500 millilitr yogurt
4 osh qoshiq suyuq asal
1 ta banan
100 gramm malina
100 gramm maymunjon
100 gramm qulupnay
Qadam 1
Tugllandi

Barcha kerakli masalliqlarni tayyorlab olamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Malina va bananli muzqaymoq

Idishga banan va malinani solib pyure holatiga keltiramiz.

Qadam 3
Tugllandi

Ustidan ikki osh qoshiq asal va 250 millilitr yogurt solamiz va aralashtirib olamiz.

Qadam 4
Tugllandi

So'ng aralashmani konteynerga solib, muzlatgichga olib qo'yamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Qulupnay va maymunjonli muzqaymoq

Rezavor mevalarni blenderda maydalab olamiz.

Qadam 6
Tugllandi

Ustidan qolgan asal va yogurtni solamiz va blenderda maydalab olamiz.

Qadam 7
Tugllandi

Aralashmani konteynerga solib, muzlatgichga olib qo'yamiz. Bir xil qotishi uchun har zamon aralashtirib turamiz.

.

Qadam 8
Tugllandi

Muzqaymoqni vaflilarga yoki muzqaymoq soladigan idishlarga solib tortamiz. Yoqimli ishtaha!

Azizlar, barcha yangiliklardan birinchi xabardor bo'lishni istasangiz, unda hoziroq sahifamizning o'zbek tilidagi telegram kanaliga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

500 millilitr yogurt
4 osh qoshiq suyuq asal
1 ta banan
100 gramm malina
100 gramm maymunjon
100 gramm qulupnay
oldingi
Olchali pirog
keyingi
Apelsin sharbatidan tayyorlanilgan sufle

Fikringiz