Norin

Norin

Taomlari:

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • Bulyoniga:

Yo’nalishlar

Norin o’zbek milliy taomlari orasida eng mazali va sevimlilaridan biri bo’lib, ko’pchilik uni tayyorlash juda murakkab deb o’ylaydi. Lekin aslida unday emas.

Bizning maslahatlarga tayanib, siz ham xonimni tez va oson tayyorlay olishingiz mumkin.

Masalliqlar:

Xamiriga:
1 kilo un
1 dona tuxum
500 millilitr bulyon
350 millilitr piyoz qovurib olingan o'simlik yog'i
Bulyoniga:
1 kilo mol go'shti
8 litr suv
50 gramm tuz
50 gramm zira
tabga ko'ra murch
Qadam 1
Tugllandi

Avval qozonga go'sht va suvni solamiz va qaynatamiz. Go’sht kamida 1.5 – 2 soat davomida pishiriladi. So’ng bulyon sovutiladi. Bulyon 3 qismga bo’linadi: 500 ml dan xamir qorilsa, qolganini taomni tortish vaqtida va xamirni qaynatib olishda ishlatamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Norin xamiridan norin hidi ufurib turishi kerak. Shuning uchun ham norin uchun qaynatilgan go’sht suvini sovutib ishlatish kerak. 500 ml bulyondan qattiqroq xamir qorib olinadi. Norin uchun esa ayni xuddi shunday xamirdan foydalanish kerak.

Qadam 3
Tugllandi

Xamirni yarim soatga, iloji bo'lsa bir kechaga tindirib qo'yamiz. So'ng uni olib, 1.5-2 mm qalinlikda yupqa yoyib olamiz. Katta aylana qilib xamir yoyiladi va 10х10 sm hajmdagi to’rtburchaklar kesiladi. Qaynatishdan oldin 50 ml yog’ solinsa, xamirlar bir-biriga yopishmaydi. Xamirlarni qaynatib olamiz va ularni quritamiz. Stolga dasturxon to’shab, ustidan xamirlarni yoyib chiqing va 4-5 daqiqada ular quriydi. So’ng piyoz qovurilgan yog’ni olib xamirlarga surtamiz va xamir bo'laklarini ustma-ust terib chiqamiz. Xamirlar 2-3 soatga tindiriladi. Iloji bo’lsa ularni bir kechaga qoldirish ma’qul. So’ng xamirni yupqa somoncha shaklida to’g’rab olamiz va katta tog'oraga solamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Go'shtni ham yupqaroq somoncha shaklida to'g'rab, tog'oraga solamiz. Ustidan zira (50gr) va qora murch (7gr) sepamiz. So’ng yana ozroq o’simlik yog’i solamiz. Aralashtiramiz. Taomimiz ham tayyor.

Qadam 5
Tugllandi

Likopchalarga teramiz va xohishga qarab ustini to'g'ralgan qazi bo'laklari bilan bezatamiz. Yoqimli ishtaha!

Azizlar, barcha yangiliklardan birinchi xabardor bo'lishni istasangiz, unda hoziroq sahifamizning o'zbek tilidagi telegram kanaliga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Xamiriga:
1 kilo un
1 dona tuxum
500 millilitr bulyon
350 millilitr piyoz qovurib olingan o'simlik yog'i
Bulyoniga:
1 kilo mol go'shti
8 litr suv
50 gramm tuz
50 gramm zira
tabga ko'ra murch
oldingi
Xuddi qo’ziqorindek baqlajonlar
keyingi
Lavashdan tayyorlanilgan lazanya

Fikringiz