fbpx
Tovuq bilan pishirilgan kartoshkali rulet

Tovuq bilan pishirilgan kartoshkali rulet

Masalliqlar:

  • Kartoshkali qavatiga:

  • Tovuqli qavatiga:

  • Ismaloqli qavatiga:

Yo’nalishlar

Tovuq go’shti solib pishirilgan kartoshkali rulet sizning taomnomangizga yangilik kiritib, dasturxoningizga ham ko’rk bag’ishlaydi.

Bizning ko’rsatmalarimizga amal qiling va siz bunday taom pishirishni albatta uddalay olasiz.

Tayyorlaniladigan taomga taxminan 25 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Kartoshkali qavatiga:
500 gramm kartoshka
200 gramm qirg'ichdan chiqarilgan parmezan pishlog'i
ta'bga qarab tuz
Tovuqli qavatiga:
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
200 gramm piyoz
400 gramm tovuq go'shti (lahm)
200 gramm pomidor
yarim bog' petrushka
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
ta'bga qarab tuz va murch
Ismaloqli qavatiga:
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
180 gramm ismaloq
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
150 gramm qaymoqli suzma
ta'bga qarab tuz
Qadam 1
Tugllandi

Kartoshkali qavat

Kartoshkani po'stidan archib, 5 mm qalinlikda parrak qilib to'g'raymiz.

Qadam 2
Tugllandi

Gaz pechi patnisiga pergament qog'oz to'shaymiz.

Ustiga parmezan pishlog'ining yarmini tekis qilib solamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Pishloq ustidan kartoshka bo'laklarini terib chiqamiz.

Kartoshkalarning ustidan qolgan parmezan pishlog'ini sepamiz.

Qadam 4
Tugllandi

180 C darajada qizdirilgan gaz pechida kartoshkalarni 30 daqiqa pishirib olamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Tovaga yog' solamiz va mayda to'g'ralgan piyozni qovurib olamiz.

Qadam 6
Tugllandi

Ustidan to'rtburchak to'g'ralgan pomidorni solamiz.

so'ng maydalangan petrushka, paprika, solib, tuz va murchni sepamiz.

Olovdan olib, sovutamiz.

Qadam 7
Tugllandi

Ismaloqli qavati

Boshqa tovaga yog' solib, tog'ralgan ismaloqni qovuramiz, tuz sepib, ustidan maydalangan sarimsoqpiyozni ham solamiz.

Sovutamiz va suzmani solib aralashtirib olamiz.

Qadam 8
Tugllandi

Pishirilgan kartoshkaning chetlaridan 2 sm dan joy qoldirib, ismaloqli aralashmani tekislab solamiz.

So'ng ustidan tovuqli aralashmani solib, to'g'ralgan motsarella pishlog'ini terib chiqamiz.

Ehtiyotkorlik bilan ruletga o'xshatib o'rab chiqamiz.

Qadam 9
Tugllandi

180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 15 daqiqa davomida pishirib olamiz. Ustiga to'g'ralgan ko'kat sepib, dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Kartoshkali qavatiga:
500 gramm kartoshka
200 gramm qirg'ichdan chiqarilgan parmezan pishlog'i
ta'bga qarab tuz
Tovuqli qavatiga:
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
200 gramm piyoz
400 gramm tovuq go'shti (lahm)
200 gramm pomidor
yarim bog' petrushka
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
ta'bga qarab tuz va murch
Ismaloqli qavatiga:
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
180 gramm ismaloq
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
150 gramm qaymoqli suzma
ta'bga qarab tuz
oldingi
Sabzavotlar bilan tovada pishirilgan guruch
keyingi
Mevali desert

Fikringiz