fbpx
Lavashdan tayyorlanilgan lazanya

Lavashdan tayyorlanilgan lazanya

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bir necha daqiqada lazanya taomidan tayyorlashni istaysizmi? Uni tayyorlashda barcha kerakli masalliqlarni topish juda oson bo’lib, bu hech qanday qiyinchilik tug’dirmaydi. Bu taom uchun kerakli beshamel qaylasini ham tayyorlash shart emas. Uning o’rniga oddiy yogurtdan foydalanamiz. Marhamat, tayyorlang va oila a’zolaringizni ham mamnun qiling.

Masalliqlar:

Adjust Servings:
2 ta lavash
400 gramm tovuq go'shtidan qilingan qiyma
200 gramm tabiiy shakarsiz yogurt
3 ta pomidor
5 gramm shivit
300 gramm piyoz
10 gramm sarimsoqpiyoz
1 osh qoshiq pomidor pastasi
ta'bga qarab ziravorlar rayhon, shalfey,
1-3 choy qoshiq maydalangan muskat yong'og'i
100 gramm qattiq pishloq
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugllandi

Piyoz va sarimsoqpiyozni mayda to'g'rab olamiz va yog' solingan tovada 4 daqiqa davomida qovuramiz.

So'ng ustidan mayda to'g'ralgan pomidor va pomidor pastasini solamiz.

Qadam 2
Tugllandi

100 millilitr suv solib, 7 daqiqa dimlab pishiramiz. Ora-orada aralashtirib turishni unutmaymiz.

Qadam 3
Tugllandi

Qiymani solib, yana 5 daqiqacha qovuramiz, so'ng to'g'ralgan ko'katlar va ziravorlani solamiz. Tuz sepib aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugllandi

Qayla

Qaylani tayyorlash uchun tabiiy yogurtga muskat yong'og'ini solamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Lavashni lazanya pishiradigan qolipga mos qilib kesib olamiz. Qolipni yaxshilab yog'lab, ustidan ikki qavat lavashdan to'shaymiz.

Qadam 6
Tugllandi

Lavash ustidan yupqa qilib, qiymadan solamiz va ustidan oz-oz yogurtli aralashmadan quyamiz. So'ng yana bir qavat lavashdan to'shab, ustidan xuddi shu harakatni davom ettiramiz.

Qadam 7
Tugllandi

Oxirgi solingan qiyma va yogurtning ustini lavash bilan yopmaymiz. Uning ustidan qirg'ichdan chiqarilgan pishloq sepamiz.

Qadam 8
Tugllandi

Lazanyani 180 C haroratda 25 daqiqa davomida pishirib olamiz. Sal sovigandan so'ng kesib, iste'mol qilamiz.

Yoqimli ishtaha!

Azizlar, barcha yangiliklardan birinchi xabardor bo'lishni istasangiz, unda hoziroq sahifamizning o'zbek tilidagi telegram kanaliga albatta a'zo bo'ling.

  • 40 daqiqa
  • Serves 4
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Adjust Servings:
2 ta lavash
400 gramm tovuq go'shtidan qilingan qiyma
200 gramm tabiiy shakarsiz yogurt
3 ta pomidor
5 gramm shivit
300 gramm piyoz
10 gramm sarimsoqpiyoz
1 osh qoshiq pomidor pastasi
ta'bga qarab ziravorlar rayhon, shalfey,
1-3 choy qoshiq maydalangan muskat yong'og'i
100 gramm qattiq pishloq
ta'bga qarab tuz va murch
oldingi
Norin
keyingi
Tar-tar qaylasi bilan tayyorlanilgan do’lma

Fikringiz