Qizil lavlagili yaxna sho’rva

Qizil lavlagili yaxna sho’rva

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Yengil tushlik yoki kechki ovqat uchun ko’ngildagidek ovqat.

Vitaminlarga boy sabzavotlar tufayli ham bu sho’rva juda mazzali va foydali hisoblanadi. Bu sho’rva tayyor bo’lgandan so’ng bir oz damlab qo’yilsa, yanada ajoyib ta’mga ega bo’ladi.

Masalliqlar:

3 dona qizil lavlagi
2 ta kartoshka
3-4 ta bodring
2 ta qaynatilgan tuxum
yarim bog' ko'k piyoz
1 osh qoshiq limon sharbati
ta'bga ko'ra ziravorlar
Qadam 1
Tugllandi

Qizil lavlagi po'stidan archiladi va ustidan suv (1.5 litr) quyilib, pishgunicha qaynatiladi.
Pishganidan so'ng olinib, sovitiladi va to'rtburchak shaklda to'g'raladi.

Qadam 2
Tugllandi

Kartoshka alohida qaynatiladi va sovitiladi. Kartoshka, tuxum va bodring to'rtburchak shaklda to'g'raladi. Yashil piyoz ham to'g'rab olinadi.
Hamma masalliqlar birlashtiriladi, limon sharbati siqib solinadi va ustidan lavlagi qaynatib olingan suv solinadi. Agar sho'rva juda quyuq bo'lib qolsa, ustidan mineral yoki qaynatilgan suv quyiladi va aralashtiriladi. Ta'bga ko'ra tuz va murch, sarimsoqpiyoz va xantal solinadi. Sho'rva qaynatilgan tuxum bo'lagi bilan bezatilib, yaxna holatda dasturxonga tortiladi. Yoqimli ishtaha !

  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

3 dona qizil lavlagi
2 ta kartoshka
3-4 ta bodring
2 ta qaynatilgan tuxum
yarim bog' ko'k piyoz
1 osh qoshiq limon sharbati
ta'bga ko'ra ziravorlar
oldingi
Videoretsept: qaymoqli qaylada pishirilgan qiymali koptokchalar (mitbollar)
keyingi
Qovoqchadan quyuq sho’rva

Fikringiz