Oktabr: 5-hafta taomnomasi
Assalomu aleykum, aziz pazandalarimiz! Ko’pchilik hafta taomnomasini oldindan tuzib qo’yishga allaqachon odatlanib qolishgan.
Agarda siz ham hafta taomnomasini oldindan tuzib qo’ysangiz qanchalik ishingiz yengillashganiga o’zingiz guvoh bo’lasiz. Ortgan bo’sh vaqtni esa o’zingiz va yaqinlaringizga bag’ishlashga imkon tug’iladi.
Dushanba
Bulg’or qalampiridan do’lma va gulli qatlamalar
Bulg’or qalampiridan tayyorlaniladigan do’lmalarimizni gaz pechida smetanali qaylada pishirib olasiz. Bunday usulda tayyorlanilgan bu taomimizni bir marotaba ta’tib ko’rishning o’zi kifoya, undan so’ng har kuni shunday taomdan xohlab qolishingiz aniq.
Seshanba
Mini pitsalar va qizil boshli karam va rukkoladan salat
Kichkina hajmlarda tayyorlaniladigan bu pitsalar juda ham mazali bo’lib, tayyorlanilishi ham juda oson. Shirinlikka esa tvorogli bananchalar pishirib oila a’zolaringiz, ayniqsa jajji bolajonlaringizni xursand qiling!
Сhorshanba
Kuk-si, o’rikli pirog va «Kapreze» salati
Kuksi koreys oshxonasiga mansub yaxna taom bo’lib, issiq kunlarda rohati jon bo’ladi desak hech ham adashmagan bo’lamiz.
Payshanba
Tovada makaronlar bilan pishirilgan tovuqli taom, vitaminli salat, olchali va makli pirog
Tovuq oyoqchalari va makaron bitta tovada pishiriladigan taomdan hali tayyorlab ko’rmagan bo’lsangiz, shu kunni buni amalga oshiring.
Juma
Qovoqcha va tovuq go’shtidan kotletlar, rimcha salat,
Tovuqning to’shidan yumshoq va mazali taom tayyorlashni istaysizmi? Unga qovoqchadan ham solamiz, buning natijasida juda mayin ta’mga ega bo’lamiz.
Shanba
Ratatuy
Hozir sabzavotlardan to’yib oziqlanishning ayni fursati bo’lib, bugun ulardan fransuz oshxonasiga mansub taom bo’lmish, ratatuy tayyorlaymiz.
Yakshanba
Kartoshka, dudlangan go’sht va pishloq qo’shib pishirilgan toblatma
Kartoshka, dudlangan go’sht va pishloq qo’shib pishirilgan mazali toblatmamizning ta’mi umuman o’zgacha bo’lib, odatdagilaridan farq qiladi. To’yimli taom, lekin tez tayyorlaniladigan retsept qidirayotgan bo’lsangiz, unda shu retsept aynan siz uchun!
Bizni kuzatishda davom eting va yangiliklardan doimo xabardor bo’ling, buning uchun bizning telegram kanalga a’zo bo’ling!