Tovada makaronlar bilan pishirilgan tovuq go’shti

Tovada makaronlar bilan pishirilgan tovuq go’shti

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Ishdan charchab kelganingizda oson tayyorlaniladigan hozirgi bu taomimiz sizni qo’llashi aniq.

Bu taom juda to’yimli bo’lib, tushlikda ajoyib tanlov sanaladi.

Tayyorlaniladigan taomga taxminan 30 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

8 dona tovuq oyoqchalari
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
1 bosh piyoz piyoz
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
300 gramm makaron
400 gramm pomidor
90 gramm muzlatilgan yashil no'xat
560 millilitr suv
ta'bga qarab tuz va murch
ta'bga qarab quritilgan qalampir (paprika)
ta'bga qarab oregano
1 choy qoshiq tovuqli bulyonga mo'ljallanilgan ziravorlar
ta'bga qarab petrushka yoki kashnich
Qadam 1
Tugllandi

Tovuq oyoqchalarini yuvib, qog'oz sochiqda quritib oling.

Qadam 2
Tugllandi

Tovuq oyoqchalarini ziravorlarga botirib oling: paprika, oregano, tuz, murch yoki tovuqli taomlarga mo'ljallanilgan ziravorlar.

Qadam 3
Tugllandi

Chuqurroq tovaga yog' solib, tovuq oyoqchalarini taxminan 8 daqiqa qizartirib olamiz. So'ng ularni alohida idishga olib qo'yamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Piyozni mayda to'g'rab tovaga solamiz va qizartirib qovuramiz.

Qadam 5
Tugllandi

Sarimsoqpiyozni ham mayda to'g'rab, piyoz usidan solamiz va birga 1 daqiqacha qovuramiz.

Qadam 6
Tugllandi

Pomorlarni 30 daqiqa qaynoq suvga qoldirsangiz, po'stini ajratish osonroq bo'ladi. So'ng esa ularni to'rtburchak to'g'rab, tovaga, piyoz ustidan soling.

Qadam 7
Tugllandi

Bulyonga mo'ljallanilgan ziravorlarni va suvni soling va qaynash darajasiga keltiring.

Qadam 8
Tugllandi

Makaronlarni solib, tovaga tekislab oling. Ustidan qovurilgan oyoqchalarni tering. Olovni pasaytirib, qopqog'ini yoping va 25 daqiqa dimlab pishiring.

Qadam 9
Tugllandi

Tovuq va makaronlarni pishganligini tekshiring. Yashil no'xatni solib, qopqog'ini yopib, 5 daqiqa dimlang.

Qadam 10
Tugllandi

Taomga ko'katlardan sepib, dasturxonga torting.

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

8 dona tovuq oyoqchalari
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
1 bosh piyoz piyoz
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
300 gramm makaron
400 gramm pomidor
90 gramm muzlatilgan yashil no'xat
560 millilitr suv
ta'bga qarab tuz va murch
ta'bga qarab quritilgan qalampir (paprika)
ta'bga qarab oregano
1 choy qoshiq tovuqli bulyonga mo'ljallanilgan ziravorlar
ta'bga qarab petrushka yoki kashnich
oldingi
Rukkola va dudlangan salmon balig’idan salat
keyingi
Gulli qatlamalar

Fikringiz