Videoretsept: Banan va asalli keks

Videoretsept: Banan va asalli keks

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bugun sizlarga banan va asal solib pishirilgan, yong’oq va xurmlar bilan to’yintirilgan juda mazali keks pishirishni ko’rsatib beramiz.

Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 27 000 so’m sarflaniladi.*

*mahsulot narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Adjust Servings:
225 gramm un
1,5 choy qoshiq qabartma
0,5 choy qoshiq dolchin
175 gramm yumshatilgan sariyog'
100 gramm shakar yoki jigarrang shakar
3 osh qoshiq asal
2 ta tuxum
2 dona yaxshi pishgan banan
100 gramm danagidan ajratilgan eron xurmosi
50 gramm yong'oq
Qadam 1
Tugllandi

Un bilan dolchinni tog'orachaga solamiz, ustidan shakar, tuxum va 2 osh qoshiq asal solamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Bananni sanchiqda ezamiz, xurmolarni to'g'rab olamiz va qolgan masalliqlarga solamiz.

Aralashmani 2-3 daqiqa ko'pirtiramiz.

Qadam 3
Tugllandi

Xamirni yog'lanib, un sepilgan qolipimizga quyamiz va ustini tekislaymiz.

Qadam 4
Tugllandi

Ustiga yong'oqdan sepib, 160 C qizdirilgan gaz pechida 60 daqiqa davomida pishiramiz. Gugurtcho'p yordamida pishganligini tekshiramiz.

Qadam 5
Tugllandi

Pishgan keksni 15 daqiqa sovutamiz, keyin qolipidan ajratib olib, ustiga qolgan asalni ham quyamiz. Yoqimli ishtaha!

  • 80 daqiqa
  • Serves 8
  • Oddiy
  • 160 c

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Adjust Servings:
225 gramm un
1,5 choy qoshiq qabartma
0,5 choy qoshiq dolchin
175 gramm yumshatilgan sariyog'
100 gramm shakar yoki jigarrang shakar
3 osh qoshiq asal
2 ta tuxum
2 dona yaxshi pishgan banan
100 gramm danagidan ajratilgan eron xurmosi
50 gramm yong'oq
oldingi
Tunets balig’i va bulg’or qalampiridan tayyorlanilgan bruskettalar
keyingi
Tovuq go’shti va qovoqchadan tayyorlanilgan kotletlar

Fikringiz