Kartoshka, dudlangan go’sht va pishloq qo’shib pishirilgan toblatma

Kartoshka, dudlangan go’sht va pishloq qo’shib pishirilgan toblatma

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Kartoshka, dudlangan go’sht va pishloq qo’shib pishirilgan mazali toblatmamizning ta’mi umuman o’zgacha bo’lib, odatdagilaridan farq qiladi. To’yimli taom, lekin tez tayyorlaniladigan retsept qidirayotgan bo’lsangiz, unda shu retsept aynan siz uchun!

Ta’bga qarab, dudlangan go’sht o’rniga kolbasa yoki tovuq go’shtidan solishingiz mumkin.

Pishiriladigan taomga taxminan 24 000 so’m sarflaysiz.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Adjust Servings:
500 gramm kartoshka
2 ta bulg'or qalampiri
2 ta tuxum
200 millilitr qaymoq
150 gramm qattiq pishloq
30 gramm sariyog'
ta'bga qarab tuz va murch
xohishga qarab maydalangan muskat yong'og'i
Qadam 1
Tugllandi

Kartoshkani po'stini archib, parrak qilib to'g'raymiz. Qalinligi taxminan 3-4 mm bo'lsin.

Qozonga suv solib qaynatamiz, tuz sepib, kartoshkalarni 3-4 daqiqa davomida qaynatib olamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Bulg'or qalampirini dumini olib, yuvamiz va halqa qilib to'g'raymiz. Biz yashil bulg'or qalampiri ishlatdik, siz xohishga qarab xohlaganingizdan solishingiz mumkin.

Qadam 3
Tugllandi

Dudlangan go'shtni to'rtburchak qilib to'g'raymiz. Pishloqni qirg'ichning katta tishidan chiqaramiz.

Qadam 4
Tugllandi

Gaz pechini 200 С ga qizdiramiz.

Toblatmaga mo'ljallangan qolipga sariyog' surtamiz.

Kartoshkaning yarmini terib chiqamiz, ustiga pishloqning 1/3 qismini sepamiz, bulg'or qalampirini yarmini, dudlangan go'shtni hammasini solamiz. So'ng yana biroz pishloq sepamiz, qolgan kartoshkalarni terib, ustidan bulg'or qalampirlarini ham solamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Tuxumni chaqib kichikroq idishga solamiz, ustidan qaymoq, pishloqning hammasini solamiz, tuz, murch ta'bga qarab muskat yong'og'i sepamiz, aralashtiramiz.

Qadam 6
Tugllandi

Toblatma ustidan aralashmani quyamiz va sariyog'ni bo'lakchalarga bo'lib, ustidan terib chiqamiz.

Qadam 7
Tugllandi

Ustini zar qog'oz bilan yopib, 40 daqiqa 180 C da pishiramiz.

25-30 daqiqadan so'ng zar qog'ozni olib, ustini qizartirib pishiramiz. So'ng olib, mazali taomdan bahramand bo'lamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • 60 daqiqa
  • Serves 8
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Adjust Servings:
500 gramm kartoshka
2 ta bulg'or qalampiri
2 ta tuxum
200 millilitr qaymoq
150 gramm qattiq pishloq
30 gramm sariyog'
ta'bga qarab tuz va murch
xohishga qarab maydalangan muskat yong'og'i
oldingi
Tovuq va qovoqchadan salat
keyingi
Stuzzico kafesidan retsept: Nutellali pitsa

Fikringiz