“Kapreze” salati

“Kapreze” salati

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

“Kapreze” qanday salat? Bu motsarella pishlog’ining sersuv bo’lakchalari, yaxshi pishgan pomidor va xushbo’y rayhon yaproqchalaridan tashkil topgan juda mazali salatdir.

Bunday salat dasturxoningizning haqiqiy ko’rkiga aylanadi.

Tayyorlaniladigan taomga taxminan 15 000 so’m pul sarflaniladi.*

narxi manab chop etilgan vaqtgagina mal qiladi.

Masalliqlar:

200 gramm motsarella pishlog'i
300 gramm pomidor
bir nechta yashil rayhon yaproqchalari
2 choy qoshiq zaytun moyi
1 choy qoshiq oregano
ta'bga qarab kedr yong'og'i
ta'bga qarab balzamli sirka
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugllandi

Pomidorlarni o'tkir pichoq bilan 5 mm qalinlikda parrak qilib to'g'raymiz.

Ustki va pastki pomidor bo'lakchalarini bu salatga ishlatmaymiz.

Qadam 2
Tugllandi

Motsarella pishlog'ini ham xuddi pomidordek parrak qilib to'g'raymiz.

Qadam 3
Tugllandi

Yassi likopchaga pomidor, pishloq va rayhon yaproqchalarini navbati bilan joylashtiramiz.

Salatning likopchadagi ko'rinishi sizning tasavvuringizga bog'liq.

Qadam 4
Tugllandi

Ustidan mayda tuz va murch sepamiz.

Quruq oreganoni qo'lda ezib, salat ustidan sepamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Kedr yong'og'i sepsang, salatimiz yanada mazali chiqadi.

Qadam 6
Tugllandi

Dasturxonga tortishdan oldin, salatga zaytun moyi quyamiz.

Muhim: bu salat zaytun yog'i bilan turib qolishiga yo'l qo'ymang. Yaxshisi zaytun yog'ini alohida idishga solib, dasturxonga torting. Aytgancha, zaytun yog'ini balzamli sirka bilan aralashtirishni unutmang. Yoqimli ishtaha!

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

200 gramm motsarella pishlog'i
300 gramm pomidor
bir nechta yashil rayhon yaproqchalari
2 choy qoshiq zaytun moyi
1 choy qoshiq oregano
ta'bga qarab kedr yong'og'i
ta'bga qarab balzamli sirka
ta'bga qarab tuz va murch
oldingi
Sutda pishirilgan bo’g’irsoqlar
keyingi
Malinali tort-muss

Fikringiz