Kuk-si

Kuk-si

Taomlari:

Masalliqlar:

  • "Kuksi muri" suviga:

  • Karamli qo'shimcha:

  • Go'shtli aralashmasi uchun:

  • Pomidorli aralashmasi uchun:

  • Quymog'i uchun:

Yo’nalishlar

Kuk-si bu ayni yozbop, yaxna taom bo’lib, koreys oshxonasi taomlariga mansubdir.  Hozir bu taomni uy sharoitida qanday tayyorlash to’g’risida gapirib o’tamiz. Kuksi bu lapsha va unga qo’shiladigan bir necha xil aralashmalardan iborat bo’lib, ularni bodringli, karamli, pomidorli va go’shtli qo’shimchalar tashkil etadi. Va «kuksi muri» deb ataluvchi suvli aralashma bo’lib, u eng oxirida solinadi.

Tayyorlaniladigan taomga taxminan 44 000 so’m pul sarflaysiz.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

1 kilo kuksi uchun lapsha 2 ta o'ram
"Kuksi muri" suviga:
4 litr muzdek toza ichimlik suvi
1 bog'dan shivit va kashnich
1,5 osh qoshiq soya qaylasi
1 osh qoshiq 90 % li sirka
275 gramm shakar 14 osh qoshiq
60 gramm tuz 2 osh qoshiq
2 ta bodring
1 dona pomidor
Karamli qo'shimcha:
1 bosh o'rtacha kattalikdagi karam
1 bosh piyoz
yarim bog' kashnich
4 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
ta'bga qarab qora murch
1 choy qoshiq shakar
1 choy qoshiq achchiq yoki shirin qalampir
3-4 tomchi 70% sirka
qovurish uchun 3-4 osh qoshiq o'simlik yog'i
Go'shtli aralashmasi uchun:
400 gramm mol go'shti
1 bosh piyoz
1 dona bulg'or qalampiri
yarim bog' kashnich
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
ta'bga qarab tuz va murch
qovurish uchun o'simlik yog'i
Pomidorli aralashmasi uchun:
4 dona pomidor
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
0,5 osh qoshiq tuz
2 osh qoshiq shakar
qovurish uchun o'simlik yog'i
Quymog'i uchun:
4 ta tuxum
1 osh qoshiq o'simlik yog'i
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugllandi

Lapsha

Qaynayotgan tuzli suvda lapshani 5-7 daqiqa pishirib olamiz. Suvini to'kib, ustidan muzdek suv quyamiz va suvini to'kib tashlaymiz.

Qadam 2
Tugllandi

Piyoz

Piyozning umumiy qismidan ikkitasini chetga olib qo'yamiz. Ular go'shtli aralashma uchun kerak bo'ladi, qolganlari esa karamli va bodringli aralashmaga ishlatamiz.

Piyozlarni yupqa, yarim halqa qilib to'g'raymiz va 5 osh qoshiq o'simlik yog'i solingan tovada qovurib olamiz.

So'ng piyoz ustidan paprikani solamiz va yana bir daqiqa qovuramiz. Agar siz achchiq ta'mni yoqtirsangiz, unda achchiq qalampirdan soling.

Qadam 3
Tugllandi

Bodring

Ikkta bodringni yupqa somoncha shaklida to'g'raymiz va chetga olib qo'yamiz. Ular suvli aralashmaga kerak bo'ladi.

Qolgan bodringlarni avval teng ikkiga, so'ng yarim oy shaklida yupqa to'g'rab olamiz. Kattaroq tog'orachaga solib, tuz sepamiz va aralashtiramiz, 10-15 daqiqa chetga olib qo'yamiz.

So'ng qovurilgan piyozning yarmini solamiz, ustidan maydalangan sarimsoqpiyoz 2-3 tishcha, 3-4 tomchi 70 %li sirka, mayda to'g'ralgan kshnich solamiz. Qo'lda yaxshilab aralshtiramiz. Sirka va tuzini tekshirib ko'ramiz.

Qadam 4
Tugllandi

Bo'shtni yupqa uzunchoq qilib, qolgan ikkta piyozni esa yupqa yarim halqa, bulg'or qalampirini to'rtburchak qilib to'g'rab olamiz.

Go'shtni baland olovda qizartirib qovurib olamiz. So'ng olovni biroz pasaytirib, piyozni solamiz.

Piyoz shaffof rangga kirganda bulg'or qalampirini solamiz va 4-5 daqiqa qovuramiz.

ПGo'shtni ta'tib ko'ramiz, agar u halliyam qattiq bo'lsa, unda 4-5 osh qoshiq suv solamiz va qopqog'ini yopib, ozroq dimlaymiz. Oxirida 1-2 tischa to'g'ralgan sarimsoqpiyoz, mayda to'g'ralgan kashnich solamiz, tuz va murch sepamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Karam

Karamni yupqa somoncha shaklda to'g'raymiz. Kattaroq tog'orachaga solib, tuz sepamiz. 10-15 daqiqa turganidan so'ng, suvini siqib chiqaramiz.

Karamni paprika solib qovurilgan piyoz bilan aralashtiramiz,tuz va murch sepamiz, mayda to'g'ralgan kashnich, 2-3 tishcha maydalangan sarimsoqpiyoz, 4-5 tomchi sirka solamiz.

Yaxshilab aralashtirib, tuzini tekshirib ko'ramiz.

Qadam 6
Tugllandi

Pomidor

Umumiy pomidorlardan bir donasini chetga olib qo'yamiz. Uni to'rtburchak shaklda to'g'rab olamiz, u suvli aralashmaga kerak bo'ladi.

Qolgan pomidorlarni ustidan qaynagan suv solamiz, 30 soniyadan so'ng, muzdek suvga solib olamiz. Po'stidan tozalaymiz.

Tovani gaz plia ustiga qo'yamiz va ikki osh qoshiq o'simlik yog'idan solamiz. Yog' qizigunicha pomidoorlarni to'rtburchak qilib to'g'rab olamiz. To'g'ralgan pomidorlarni tovaga solamiz. 2 osh qoshiq shakar, yarim osh qoshiq tuz, 1 choy qoshiq maydalangan sarimsoqpiyoz solamiz, murch sepib, qopqog'ini yopamiz va 15 daqiqa dimlaymiz.

Pommidorli aralashma tayyor.

Qadam 7
Tugllandi

Muri suvi

Barcha masalliqlarni suvga solamiz.

So'ng to'g'rab qo'ygan pomidor va bodringni solamiz.

Mayda to'g'ralgan shivit va 2 ta sarimsoqpiyoz tishchasini maydalab solamiz.

Hammasini yaxshilab aralashtirib, tindirib qo'yamiz.

Tayyor.

Qadam 8
Tugllandi

Quymoq

Tuxumni chaqib kosaga solamiz, tuz va 2 osh qoshiq o'simlik yog'ini solamiz.

Tovada yupqa quymoqchalardek pishirib olamiz. So'ng sovutib, rulet kabi o'raymiz va yupqa to'g'rab olamiz.

Qadam 9
Tugllandi

Kosaga lapshani solamiz, so'ng suvni quyamiz, ustidan go'shtli, bodringli, karamli, pomidorli va tuxumli aralashmalarni solamiz.

Lapsha shishib ketmasligi uchun darhol iste'mol qiling. Yoqimli ishtaha!

Kuksini sovutgichda 3 kungacha saqlash mumkin.

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning o'zbek tilidagi telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

1 kilo kuksi uchun lapsha 2 ta o'ram
"Kuksi muri" suviga:
4 litr muzdek toza ichimlik suvi
1 bog'dan shivit va kashnich
1,5 osh qoshiq soya qaylasi
1 osh qoshiq 90 % li sirka
275 gramm shakar 14 osh qoshiq
60 gramm tuz 2 osh qoshiq
2 ta bodring
1 dona pomidor
Karamli qo'shimcha:
1 bosh o'rtacha kattalikdagi karam
1 bosh piyoz
yarim bog' kashnich
4 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
ta'bga qarab qora murch
1 choy qoshiq shakar
1 choy qoshiq achchiq yoki shirin qalampir
3-4 tomchi 70% sirka
qovurish uchun 3-4 osh qoshiq o'simlik yog'i
Go'shtli aralashmasi uchun:
400 gramm mol go'shti
1 bosh piyoz
1 dona bulg'or qalampiri
yarim bog' kashnich
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
ta'bga qarab tuz va murch
qovurish uchun o'simlik yog'i
Pomidorli aralashmasi uchun:
4 dona pomidor
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
0,5 osh qoshiq tuz
2 osh qoshiq shakar
qovurish uchun o'simlik yog'i
Quymog'i uchun:
4 ta tuxum
1 osh qoshiq o'simlik yog'i
ta'bga qarab tuz va murch
oldingi
Videoretsept: Suli yormasi va banandan tayyorlanilgan maffinlar
keyingi
Paisley Salad Bar kafesidan retsept: Ananas va rukkolali salat

Fikringiz