fbpx
Batafsil fotoretsept: Tvorogli bananchalar

Batafsil fotoretsept: Tvorogli bananchalar

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • Asosiga:

Yo’nalishlar

Tvorogni yoqtiruvchilar uchun ajoyib pishiriqni taqdim etamiz – tvorogli bananchalar. Mayin ta’mli, og’zingizda erib ketuvchi bu mazali shirinlikni albatta tayyorlab ko’ring.

Bu sizning eng sevimli retseptlaringizdan biriga aylanishi aniq!

Masalliqlar:

Adjust Servings:
Xamiriga:
360 gramm un
200 gramm margarin
100 millilitr smetana
1 ta tuxum
100 gramm shakar
1 choy qoshiq qabartma
ustiga sepish uchun shakar kukuni
Asosiga:
200 gramm tvorog
50 gramm shakar
1 osh qoshiq kraxmal
1 dona tuxum
xohishga qarab vanil biz apelsinlisidan ishlatdik
Qadam 1
Tugllandi

Xona haroratidagi margarinni un bilan uvalab olamiz. So'ng ustidan qolgan barcha masalliqlarni solib xamir qoramiz.

Qadam 2
Tugllandi

Xamir yumshoqqina, qo'lga yopishmaydigan bo'lishi kerak. Xamirni ustini yopib, 30 daqiqaga chetga olib qo'yamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Bu vaqt mobaaynida ichidagi asosini tayyorlab olamiz. Tvorogni idishga solamiz. Ustidan shakar, tuxum, kraxmal va vanil solib yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugllandi

Xamirni olib, yong'oqdek kattalikdagi zuvalachalarga ajratamiz.

Har birini aylana shaklda yoyib olamiz va ichiga tvorogli aralashmadan 1 choy qoshiqdan solamiz.

Qadam 5
Tugllandi

So'ng rasmdagidek ruletga o'shab o'rab chiqamiz.

Qadam 6
Tugllandi

So'ng chiziqli joyini tagiga qilib, ikkita uchini qisamiz va banan shaklini beramiz.

Qadam 7
Tugllandi

Bananchalarni pergament qog'oz to'shalgan patnisga terib chiqamiz.

Qadam 8
Tugllandi

175 C da qizdirilgan gaz pechida 40-45 daqiqa davomida pishirib olamiz. Usti qizarishi shart emas, chunki ustiga shakar kukuni sepamiz.

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Qadam 9
Tugllandi

Pishgandan so'ng gazdan olamiz va sal sovutilib, so'ng ustidan shakar kukuni sepib chiqamiz.

  • Serves 8
  • O’rtacha
  • 170 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Adjust Servings:
Xamiriga:
360 gramm un
200 gramm margarin
100 millilitr smetana
1 ta tuxum
100 gramm shakar
1 choy qoshiq qabartma
ustiga sepish uchun shakar kukuni
Asosiga:
200 gramm tvorog
50 gramm shakar
1 osh qoshiq kraxmal
1 dona tuxum
xohishga qarab vanil biz apelsinlisidan ishlatdik
oldingi
Videoretsept: Lag’mon
keyingi
Pomidorli qayla

Fikringiz