Vitaminli salat

Vitaminli salat

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Vitaminli salat – bu masalliqlari doimo qo’l ostingizda bo’lgan, tayyorlashga bor yo’g’i 10 daqiqa vaqtingiz ketadigan mazali salat. Uning yorqin va ishtahani ochadigan ko’rinishi tushlik va kechki ovqatni yanada ko’rkam qiladi.

Bu salatni go’sht va baliqqa gazak sifatida ham dasturxonga tortish mumkin. Qomatiga e’tiborlilar uchun ayni muddao.

Masalliqlar:

0,5 bosh qizil boshli karam
2 bodring
1 pomidor
0,5 bosh qizil piyoz
yarim bog'lam shivit
0.5 ta limon sharbati
1-2 ta tishchasi sarimsoqpiyoz
2-3 osh qoshiq zaytun moyi
ta'bga qarab tuz
ta'bga qarab qora murch
0,5 choy qoshiq shakar
Qadam 1
Tugllandi

Karamni yupqa to'g'raymiz va tuz bilan shakarni solamiz.

Katta idishga solib, qo'lda yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugllandi

Pomidor va bodringni yupqa aylana shaklda to'g'raymiz.

Piyozni yarim halqa shaklida to'g'raymiz.

Все овощи добавить к капусте и перемешать.

Qadam 3
Tugllandi

Sarimsoqpiyoz va shivitni mayda to'g'raymiz va qolgan sabzavotlar ustidan solamiz.

Aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugllandi

Murch va tuz solamiz.

Zaytun moyi solamiz va limon sharbatidan sepamiz. Likopchaga solib, dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • 10-15 минут
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

0,5 bosh qizil boshli karam
2 bodring
1 pomidor
0,5 bosh qizil piyoz
yarim bog'lam shivit
0.5 ta limon sharbati
1-2 ta tishchasi sarimsoqpiyoz
2-3 osh qoshiq zaytun moyi
ta'bga qarab tuz
ta'bga qarab qora murch
0,5 choy qoshiq shakar
keyingi
Apelsinli keks

Fikringiz