Iyul: 1-hafta taomnomasi
Assalomu aleykum, aziz pazandalarimiz! Har haftalik taomnomalar ro’yxatini berishda davom etamiz. Darhol qog’oz-ruchka tayyorlangda yaxshilab joylashib oling, chunki bu yerda siz bir haftaga mo’ljallangan taomnomalar ro’yxatini topasiz.
Hafta taomnomalari ro’yxatini tuzish ko’pgina muoammolarga yechim bo’la oladi: oila a’zolari bir xillikdan qutuladi va bir haftalik bozor ro’yxati qo’lingiz ostida shay bo’lib turadi.
Dushanba
Mastava va suzma va bodringdan salat
Dushanba biroz qiyinroq hafta kuni bo’lib, aynan shu kuni yengilgina taomlar xush yoqadi. Shuning uchun ham bugun sizlarga to’yimli, mazali va o’zimizning milliy taomlarimizdan biri – mastava taomini bugun birgalikda tayyorlashni tavsiya qilamiz. Bizningcha, bu taomni uyida tayyorlamaydigan bironta odam topilmasa kerak.
Seshanba
Qovurilgan kartoshka va qo’ziqorin va qizil boshli karam va rukkoladan salat
Qovurilgan kartoshka va qo’ziqorin ko’pchilikning sevimli taomi bo’lib, kerakli masalliqlar esa deyarli hammamizning uyimizdan topiladi. Shirinlikka esa tvorogli bananchalar pishirib oila a’zolaringiz, ayniqsa jajji bolajonlaringizni xursand qiling!
Сhorshanba
Tovuq bilan pishirilgan kartoshkali rulet, brinza va baqlajondan tayyorlanilgan to’rtburchaklar, shokoladli
Tovuq go’shti solib pishirilgan kartoshkali rulet sizning taomnomangizga yangilik kiritib, dasturxoningizga ham ko’rk bag’ishlaydi.
Payshanba
Do’lma, tuxum va rediskali salat
Do’lma – bu ko’pchiligimizning sevimli taomlarimizdan biri bo’lib, hozir yosh tok barglaridan uni tayyorlashning ayni fursatidir.
Juma
Okroshka va tvorogli somsalar
Yozning jazirama kunlarida ba’zan ishtaha umuman yo’qoladi. Shunday paytda ko’pchilikka sevimli bo’lgan yaxna sho’rva as qotadi. Ana shunday yaxna sho’rvalardan biri bu – okroshka.
Shanba
Qizil lavlagili yaxna sho’rva
Vitaminlarga boy sabzavotlar tufayli ham bu sho’rva juda mazzali va foydali hisoblanadi. Bu sho’rva tayyor bo’lgandan so’ng bir oz damlab qo’yilsa, yanada ajoyib ta’mga ega bo’ladi.
Yakshanba
Pomidorli qaylada pishirilgan frikalaedkalar, qovurilgan qovoqchalar va mazali keks
Bu tayyorlaydigan taomimiz italyan oshxonasiga mansub bo’lib, frikadelkalarga parmezan pishlog’i solinadi va pomidorli qayla bilan birga tortiladi.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.