Mastava

Mastava

Taomlari:

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

To’yimli, mazali va o’zimizning milliy taomlarimizdan biri – mastava taomini bugun birgalikda tayyorlaymiz. Bizningcha, bu taomni uyida tayyorlamaydigan bironta odam topilmasa kerak. 

Biz bugun sizlarga tez va oson tayyorlaniladigan mastava retseptini taklif qilamiz. Agarda siz mastavadagi guruch tirik qolishini va ezilib ketmasligini istasangiz, unda guruchni alohida qaynatib oling va tortishdan oldin kosalarga solib dasturxonga torting, xuddi kafelarda qiliniladiganidek.

Masalliqlar:

Adjust Servings:
300 gramm mol go'shti
1 bosh piyoz
1 ta sabzi
1 ta bulg'or qalampiri
1-2 ta pomidor
1 osh qoshiq pomidor pastasi
2 ta kartoshka
200 gramm guruch
qovurish uchun o'simlik yog'i
ta'bga qarab tuz va murch
ta'bga qarab zira
ta'bga qarab lavr yaprog'i
1 ta tishcha sarimsoqpiyoz
birga tortish uchun qatiq
birga tortish uchun ko'katlar
Qadam 1
Tugllandi

Qozonga yog'ni solib qizdiramiz va qizargunicha go'shtni qovurib olamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Piyoz, sabzi va bulg'or qalampirini to'rtburchak shaklda to'graymiz, navbat-banavbat qozonga solib, go'sht bilan birga qovuramiz.

5 daqiqa qovurilgandan so'ng, pomidorni ham to'rtburchak qilib to'g'raymiz va avval pomidor pastasini, so'ng to'g'ralgan pomidorlarni solamiz. Sarimsoqpiyozni ham mayda to'g'rab solamiz va birga qovuramiz.

So'ng 5-7 daqiqaga dimlab qo'yamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Qovurilgan sabzavotlar ustidan qaynagan suv solamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Tuz solamiz, to'g'ralgan kartoshka va guruchni ham solamiz.

Tayyor bo'lgunicha, taxminan 15 daqiqa past olovda qaynatamiz..

Tayyor bo'lganiga 5 daqiqa qolganda ziravorlardan solamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Pishgandan so'ng olovini o'chirib 10-15 daqiqaga qopqog'ini yopib qo'yamiz, shunda yanada mazaliroq chiqadi. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Qadam 6
Tugllandi
  • 40 daqiqa
  • Serves 6
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Adjust Servings:
300 gramm mol go'shti
1 bosh piyoz
1 ta sabzi
1 ta bulg'or qalampiri
1-2 ta pomidor
1 osh qoshiq pomidor pastasi
2 ta kartoshka
200 gramm guruch
qovurish uchun o'simlik yog'i
ta'bga qarab tuz va murch
ta'bga qarab zira
ta'bga qarab lavr yaprog'i
1 ta tishcha sarimsoqpiyoz
birga tortish uchun qatiq
birga tortish uchun ko'katlar
oldingi
Qovurilgan kartoshka va qo’ziqorin
keyingi
Batafsil fotoretsept: Qovurilgan chuchvara

Fikringiz