Avgust: 2-hafta taomnomasi
Quyida esa bizlar siz uchun yengil taomnoma tuzib qoydik. Taomnonama ro’yxatimizning sizlarga foydasi tegsa, bundan juda ham quvonamiz!
Dushanba
Kuk-si, o’rikli pirog va «Kapreze» salati
Kuksi koreys oshxonasiga mansub yaxna taom bo’lib, issiq kunlarda rohati jon bo’ladi desak hech ham adashmagan bo’lamiz.
Seshanba
Jeymi Oliverdan sabzavotli tartaletkalar va karamli salat
Bunday tartaletkalar ajoyib kechki ovqat o’rnini bosadi desak adashmaymiz. Unga qo’shib karamli salatdan tayyorlang va yengilgina tamaddidan huzurlaning.
Chorshanba
Kartoshka va zaytun mevalari qo’shib pishirilgan tovuq, Kartoshka va rediskali salat
Mazali taom iste’mol qilishni xohlab, ammo tayyorlashga ko’p vaqtimiz bo’lmasa yoki erinayotgan bo’lsak, unda oson tayyorlaniladigan bugungi taomimiz qo’llab yuboradi. Bunda asosiy taom ham, unga qo’shimcha gazak ham birgalikda bitta qolipda pishiriladi.
Payshanba
Do’lma, tuxum va rediskali salat
Do’lma – bu ko’pchiligimizning sevimli taomlarimizdan biri bo’lib, hozir yosh tok barglaridan uni tayyorlashning ayni fursatidir.
Juma
Qaynatma sho’rva va tvorogli somsalar
Bizlarda hech qaysi hafta tobida qaynab pishgan qaynatma sho’rvalarsiz o’tmaydi, uyda pishirilgan somsalar bilan esa rohati jondir.
Shanba
Qizil lavlagili yaxna sho’rva
Vitaminlarga boy sabzavotlar tufayli ham bu sho’rva juda mazzali va foydali hisoblanadi. Bu sho’rva tayyor bo’lgandan so’ng bir oz damlab qo’yilsa, yanada ajoyib ta’mga ega bo’ladi.
Yakshanba
Sabzavotlar bilan pishirilgan go’sht
Bozor rastalari turli-tuman sabzavotlar-u ko’katlar bilan limmo-lim bo’lib, bunday mazali taom tayyorlashning hozir ayni payti. Dam olish kuni bayramdek o’tishi uchun bu kuni albatta biron xil shirinlik pishiring. Buning uchun sizga qulupnayli rulet retseptini tavsiya qilamiz.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.