Kartoshka va zaytun mevalari qo’shib pishirilgan tovuq

Kartoshka va zaytun mevalari qo’shib pishirilgan tovuq

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Mazali taom iste’mol qilishni xohlab, ammo tayyorlashga ko’p vaqtimiz bo’lmasa yoki erinayotgan bo’lsak, unda oson tayyorlaniladigan bugungi taomimiz qo’llab yuboradi.

Bunda asosiy taom ham, unga qo’shimcha gazak ham birgalikda bitta qolipda pishiriladi.

Pishiriladiga taomimizga taxminan – 45 500 so’m sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtdagina amal qiladi.

Masalliqlar:

4 ta tovuq sonlari
500 gramm yangi chiqqan kartoshkalar
140 gramm zaytun mevasi yashil rangli
1 dona limon
8 dona lavr yaprog'i
6 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugllandi

Gaz pechini 200 C darajaga yoqib qo'yamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Taom pishiradigan qolipga yog'ni quyamiz, kartoshka, zaytun mevalarini, sarimsoqpiyoz, lavr yaproqchalari va limonni to'rtga bo'lib solamiz.

Qo'lda bir xil qilib, tekislab olamiz.

Tovuqlarga tuz va murch sepamiz. So'ng sabzavotlar solingan idishimizga, ularni ham ustidan terib chiqamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Gaz pechiga qo'yib, 1 soat davomida pishiramiz. Ora-orada ochib, tovuqdan ajralib chiqqan suvini sabzavotlarning ustiga quyib chiqamiz.

Bir soat o'tgandan so'ng ochib kartoshkalarni pishganini tekshirib ko'ramiz va 15 daqiqa yana tovuqlar qizarib pishishi uchun qo'yamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Taomni olamiz. Sarimsoqpiyozlarni qoshiq bilan ezib suvini chiqaramiz. Ajralib chiqqan suvini yana tovuq ustidan quyamiz.

So'ng bemalol dasturxonga tortib iste'mol qilaveramiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

4 ta tovuq sonlari
500 gramm yangi chiqqan kartoshkalar
140 gramm zaytun mevasi yashil rangli
1 dona limon
8 dona lavr yaprog'i
6 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
ta'bga qarab tuz va murch
oldingi
Breadly kafesidan retsept: Briosh fransuzcha bulochkalar
keyingi
“Olivye” salati

Fikringiz