Sabzavotlar bilan pishirilgan go’sht

Sabzavotlar bilan pishirilgan go’sht

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bozor rastalari turli-tuman sabzavotlar-u ko’katlar bilan limmo-lim bo’lib, bunday mazali taom tayyorlashning hozir ayni payti. 

Bu taomni tayyorlashda keng tova – vokdan foydalanishni maslahat berar edik. Chunki qozon torroq bo’lib, unda sabzavotlar sharbatini tezda chiqarishi mumkin.

 

Masalliqlar:

300 gramm mol go'shti
3 ta bulg'or qalampiri
1 ta qovoqcha
2 ta pomidor
1 bosh piyoz
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
2-3 osh qoshiq o'simlik yog'i
3 osh qoshiq soya qaylasi
1 osh qoshiq kraxmal
1 osh qoshiq asal
ta'bga qarab ziravorlar
Qadam 1
Tugllandi

Go'sht, bulg'or qalampiri va qovoqchani yuvib, qayroqcha shaklida to'g'rab olamiz. Pomidor va piyozni aylana shaklda, sarimsoqpiyozni mayda to'g'rab olamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Yog', asal va soya qaylasini aralashtirib, shu aralashmada go'shtni yarim soatga marinadlab qo'yamiz. So'ng baland olovda tayyor bo'lgunicha qovurib olamiz. Go'shtni olib, shu tovada piyoz va sarimsoqpiyozni 1 daqiqa davomida qovurib olamiz. Ustidan bulg'or qalampirini solib, birga qovuramiz. Go'shtni yana sabzavotlar ustidan solamiz. Ustidan qovoqcha, pomidorni solib, tuz va murch sepamiz. Yana bir daqiqa qovuramiz.

Qadam 3
Tugllandi

Bir stakan suv yoki bulyonga kraxmalni solib aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugllandi

Tovadagi taom ustidan kraxmalli suyuqlikni solib aralashtiramiz, qopqog'ini yopib, oolovni o'chirib qo'yamiz. 10-15 daqiqadan so'ng dasturxonga tortib iste'mol qilamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

300 gramm mol go'shti
3 ta bulg'or qalampiri
1 ta qovoqcha
2 ta pomidor
1 bosh piyoz
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
2-3 osh qoshiq o'simlik yog'i
3 osh qoshiq soya qaylasi
1 osh qoshiq kraxmal
1 osh qoshiq asal
ta'bga qarab ziravorlar
oldingi
Brokkoli va gulkaramdan toblatma
keyingi
“Magnoliya” shirinligi

Fikringiz