Iyul: 3-hafta taomnomasi
Taomnonama ro’yxatimizning sizlarga foydasi tegsa, bundan juda ham quvonamiz!
Dushanba
Pishirilgan gulkaram va xitoycha bodringli salat
Foydali sabzavotlarni sevib iste’mol qiluvchilar uchun pishirilgan gulkaram juda ypqsa kerak. Gulkaram vitamin va minerallarga boy bo’lib, tezda hazm bo’ladi.
Seshanba
Qovurma lag’mon va karamli salat
Qovurma lag’mon ko’pchilikning sevimli taomlaridan biri bo’lib, hatto issiq kunlarda ham uni iste’mol qilishdan ko’pchilik bosh tortmaydi.
Chorshanba
«Alfredo» Fettuchini taomi, Kartoshka va rediskali salat
Odatiy taomlardan zerikib, yangicha ta’mli taom іүі
Payshanba
Do’lma, tuxum va rediskali salat
Do’lma – bu ko’pchiligimizning sevimli taomlarimizdan biri bo’lib, hozir yosh tok barglaridan uni tayyorlashning ayni fursatidir.
Juma
Okroshka va tvorogli somsalar
Yozning jazirama kunlarida ba’zan ishtaha umuman yo’qoladi. Shunday paytda ko’pchilikka sevimli bo’lgan yaxna sho’rva as qotadi. Ana shunday yaxna sho’rvalardan biri bu – okroshka.
Shanba
Qizil lavlagili yaxna sho’rva
Vitaminlarga boy sabzavotlar tufayli ham bu sho’rva juda mazzali va foydali hisoblanadi. Bu sho’rva tayyor bo’lgandan so’ng bir oz damlab qo’yilsa, yanada ajoyib ta’mga ega bo’ladi.
Yakshanba
Pomidorli qaylada pishirilgan frikalaedkalar, qovurilgan qovoqchalar va mazali keks
Bu tayyorlaydigan taomimiz italyan oshxonasiga mansub bo’lib, frikadelkalarga parmezan pishlog’i solinadi va pomidorli qayla bilan birga tortiladi.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.