Xitoycha bodringli salat

Xitoycha bodringli salat

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bodringdan tayyorlaniladigan bu xitoycha salatni tayyorlash oson bo’lib, 15-20 daqiqa vaqtingizni oladi.

Salat ko’pgina masalliqlarni talab qilmasa ham, tami sizga yoqishi aniq.

Tayyorlaniladigan salatga taxminan 5 000 so’m pul sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Adjust Servings:
500 gramm bodring
4 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
ta'bga qarab achchiq qalampir
2 osh qoshiq 9% li sirka
2 osh qoshiq soya qaylasi
2 choy qoshiq shakar
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
ta'bga qarab tuz
ta'bga qarab oq sedana
yarim bog' kashnich
Qadam 1
Tugllandi

Bodringlarni yuvib quritamiz va ikkala uchini kesib tashlaymiz.

Qadam 2
Tugllandi

O'qlov yordamida bodringlarni urib chiqsak, marinadni yaxhi shimdirib oladi.

Qadam 3
Tugllandi

Bodringni uzunchoq qilib to'g'rang va tog'orachaga soling.

Qadam 4
Tugllandi

Ustidan tuz, shakar, sirka, soya qaylasini soling va yaxshilab aralashtiring.

Marinadni o'ziga shimdirib olishi uchun ularni 10 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 5
Tugllandi

Bu vaqt mobaynida siz sarimsoqpiyoz, kashnich va achchiq qalampirni mayda qilib to'g'rang va bodringlarning ustidan soling. Ustidan sedanani solib, aralashtirib oling.

Qadam 6
Tugllandi

Ta'tib ko'ring, xohishga qarab oozroq o'simlik yog'idan soling. Yoqimli ishtaha!

  • 30 daqiqa
  • Serves 4
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Adjust Servings:
500 gramm bodring
4 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
ta'bga qarab achchiq qalampir
2 osh qoshiq 9% li sirka
2 osh qoshiq soya qaylasi
2 choy qoshiq shakar
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
ta'bga qarab tuz
ta'bga qarab oq sedana
yarim bog' kashnich
oldingi
Bolalar oshxonada: Shokoladli maffinlar
keyingi
Banan va rezavor mevalardan muzqaymoq

Fikringiz