Sentabr: 1-hafta taomnomasi
Taomnonama ro’yxatimizning afzalligi shundaki, bitta manbaning ichidan siz bir haftalik taomnomalar, salatlar va shirinliklar bilan tanishishingiz mumkin.
Dushanba
Hashlama, yogurt va pishloqli salat va qahva va asalli keks
Bugun ko’pchilikning sevimli taomlaridan bo’lmish – borsh taomini tayyorlang. Bu retseptimiz multivarkasi bor pazandalarimizni juda ham xursand qiladi. Agar sizda multivarka bo’lmasa, hech qisi yo’q, oddiy qozonda tayyorlasangiz ham bo’ladi. Ko’katlardan tayyorlanilgan ajoyib salat esa bu taom bilan ayni muddao bo’ladi.
Seshanba
Videoretsept: Tovuqli shnitsel, piyozli qatlama va mujskoy kapriz salati
Tovuq go’shtidan har xil juda yengil va mazali taomlar pishirish mumkin. Shulardan biri tovuqli shnitsel taomi!
Chorshanba
Sabzavotli tovuq sho’rva, pentuza salati va tvorogli bulochkalar
Sovuq qishda, issiqina ovqatlar, ayniqsa sho’rvalar kimga ham yoqmaydi deysiz. Bizning bugungi tovuqli sho’rva ham juda mazali, to’yimli, shu bilan birga vitaminlarga boy ovqat hisoblanadi. Pentuza salati bizlarning eng sevimli salatlarimizdan biridir. Bu salatni bizning usulda tayyorlasangiz, haqiqiy koreyscha pentuzadan umuman farq qilmasligiga guvoh bo’lasiz.
Payshanba
Do’lma, tuxum va rediskali salat
Do’lma – bu ko’pchiligimizning sevimli taomlarimizdan biri bo’lib, hozir yosh tok barglaridan uni tayyorlashning ayni fursatidir.
Juma
Okroshka va tvorogli somsalar
Yozning jazirama kunlarida ba’zan ishtaha umuman yo’qoladi. Shunday paytda ko’pchilikka sevimli bo’lgan yaxna sho’rva as qotadi. Ana shunday yaxna sho’rvalardan biri bu – okroshka.
Shanba
Qizil lavlagili yaxna sho’rva
Vitaminlarga boy sabzavotlar tufayli ham bu sho’rva juda mazzali va foydali hisoblanadi. Bu sho’rva tayyor bo’lgandan so’ng bir oz damlab qo’yilsa, yanada ajoyib ta’mga ega bo’ladi.
Yakshanba
Pomidorli qaylada pishirilgan frikalaedkalar, qovurilgan qovoqchalar va mazali keks
Bu tayyorlaydigan taomimiz italyan oshxonasiga mansub bo’lib, frikadelkalarga parmezan pishlog’i solinadi va pomidorli qayla bilan birga tortiladi.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.