fbpx
Qo’y go’shtidan tayyorlanilgan hashlama

Qo’y go’shtidan tayyorlanilgan hashlama

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Hashlamaning ham boshqa Kavkaz taomlari singari yagona bir retsepti mavjud bo’lmay, ammo u har doim go’shtdan tayyorlaniladi va ajoyib ta’mi bilan hammani lol qoldiradi.

Shuni aytib o’tish kerakki, bu taom nafaqat o’zining ta’mi, shuningdek oson tayyorlanilishi bilan sizni xursand qiladi: chunki go’sht va sabzavotlarni bitta qozonga solib qo’ysak, o’zi pishib yotadi.

Tayyorlaniladigan taomga taxminan 50 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

1 kilo qo'y go'shti
800 gramm pomidor
500 gramm bulg'or qalampiri
500 gramm piyoz
5 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
20 gramm petrushka
30 gramm kashnich
20 gramm shivit
ta'bga qarab achchiq qalampir
4 ta lavr yaprog'i
10 ta qora murch donachalari
1.5 osh qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
1.5 choy qoshiq tuz
0.5 choy qoshiq qora murch
Qadam 1
Tugallandi

Pomidorlarning ustidan qaynoq suv quyamiz, so'ng sovuq suvga bir solib olamiz va po'stidan ajratib olamiz. Pomidorni parrak qilib to'g'raymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Go'shtni o'rtacha kattalikda bo'lib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Bulg'or qalampirlarini katta-katta qilib to'g'raymiz.

Qadam 4
Tugallandi

Piyozni yarim halqa qilib to'g'rab olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Sarimsoqpiyozni mayda qilib to'g'raymiz.

Qadam 6
Tugallandi

Petrushka, kashnich va shivitni esa mayda to'g'raymiz.

Qadam 7
Tugallandi

Bu ovqatni qozonda tayyorlaymiz. Qozon ostiga pomidor bo'laklarini terib chiqamiz. Ustidan 1 choy qoshiq tuz sepamiz.

Qadam 8
Tugallandi

So'ng ustidan piyozning 1/3 qismini va go'shtning yarmini terib chiqamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Bulg'or qalampirining yarmini solamiz, ustidan 1 choy qoshiq tuz sepamiz, so'ng murch donachalari, achchiq qalampir, paprika, qora murch (yarim choy qoshiq) va sarimsoqpiyozni solamiz.

Qadam 10
Tugallandi

So'ng quyidagicha solamiz: pomidor, piyzoning 1/3 qismi va go'sht. Tuz (1 choy qoshiq), ko'katlar va lavr yaprog'ini solamiz.

Qadam 11
Tugallandi

Oxirida bulg'or qalampiri va piyozni terib chiqamiz, ustidan paprika va tuz sepib, sarimsoqpiyozni ham solamiz.

Qadam 12
Tugallandi

Qozonni qopqog'ini yopib, taomni kamida 2 soat davomida past olovda pishiramiz.

Qadam 13
Tugallandi

Pishgan taomga ko'katlardan sepib, dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

1 kilo qo'y go'shti
800 gramm pomidor
500 gramm bulg'or qalampiri
500 gramm piyoz
5 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
20 gramm petrushka
30 gramm kashnich
20 gramm shivit
ta'bga qarab achchiq qalampir
4 ta lavr yaprog'i
10 ta qora murch donachalari
1.5 osh qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
1.5 choy qoshiq tuz
0.5 choy qoshiq qora murch
oldingi
Qahva va asalli keks
keyingi
Videoretsept: Davlatlararo standart (GOST) asosida pishirilgan tvorogli keks

Fikringiz