fbpx
Tvorogli vatrushkalar

Tvorogli vatrushkalar

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • Asosiga:

Yo’nalishlar

Xushbo’y va ishtahaochar, tvorog bilan pishirilgan bulochkalar sehrli ekanligini bilarmidingiz? Ularni qanchalik ko’p tayyorlamang, pishirgan zahotingiz likopchadan bitta qolmay yo’qolib qoladi.

Quyidagi masalliqlardan 12-14 dona bulochkalar hosil bo’ladi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 15 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Xamiriga:
250 gramm iliq sut
2 ta tuxum
6 osh qoshiq shakar
2 choy qoshiq quruq xamirturush
60 gramm xona haroratida yumshagan margarin yoki sariyog'
450-500 gramm un
Asosiga:
300 gramm tvorog
3 osh qoshiq shakar
1 dona tuxum
1 choy qoshiq vanil shakari
ustiga surtish uchun 1 dona tuxum sarig'i
Qadam 1
Tugllandi

Iliq sutga xamirturush va 1 choy qoshiq shakarc solib, 10 daqiqa iliq joyda qoldiramiz.

Qadam 2
Tugllandi

Chuqurroq tog'orachaga un, shakar, tuxum, xamirturushli aralashma va yumshagan sariyog'ni solib aralashtiramiz va qo'lga yopishmaydigan, yumshoqroq xamir qoramiz.

Qadam 3
Tugllandi

Xamirga kolbasimon uzun shakl beramiz va uni 15 ta bo'lakchalarga kesib chiqamiz.

Xamir bo'lakchalarini aylana shaklga keltirib, pergament qog'oz to'shalgan gaz pechiga terib chiqamiz. Bir-birining orasida 5-7 smcha joy qoldiramiz.

Ustiga sochiq yopib, 40 daqiqaga tindirib qo'yamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Asosini tayyorlab olamiz

Tvorogga shakar, tuxum, vanil shakari va bir chimdim tuz solib, aralashtirib olamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Stakan ostini unga belab, xamircalarning ustiga bosib chiqamiz va hosil bo'lgan bo'shliqqa 1-2 osh qoshiqdan tvorogli aralashmadan solib chiqamiz.

Qadam 6
Tugllandi

190-200 C darajada qizdirilgan gaz pechida 20 daqiqa davomida pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Xamiriga:
250 gramm iliq sut
2 ta tuxum
6 osh qoshiq shakar
2 choy qoshiq quruq xamirturush
60 gramm xona haroratida yumshagan margarin yoki sariyog'
450-500 gramm un
Asosiga:
300 gramm tvorog
3 osh qoshiq shakar
1 dona tuxum
1 choy qoshiq vanil shakari
ustiga surtish uchun 1 dona tuxum sarig'i
oldingi
Videoretsept: Piyozli qatlamalar
keyingi
Gaz pechida pishirilgan mol qovurg’alari

2 Sharhlar Hide Comments

Assalomu aleykum, Go’zal! Bu vatrushkalardan tayyorlab ko’ring, ta’mi bolaligingizdagi vatrushkalardan umuman farq qilmaydi 🙂

Fikringiz