Noyabr: 2-hafta taomnomasi
Quyidagi taomnomani o’z ta’bingizdan kelib chiqib o’zgartirish va qo’shimchalar kiritishingiz mumkin.
Dushanba
Pishirilgan gulkaram va sabzavotlardan salat
Foydali sabzavotlarni sevib iste’mol qiluvchilar uchun pishirilgan gulkaram juda yoqsa kerak. Gulkaram vitamin va minerallarga boy bo’lib, tezda hazm bo’ladi.
Seshanba
To’ldirilgan shampinyonlar, gaz pechida pishirilgan kartoshka va karamli salat
Ichiga har xil narsalar solib pishiriladigan qo’ziqorinlarni gazak sifatida ham, asosiy taom sifatida ham tayyorlash mumkin. Unga o’shib, qadimiy usulda pishirilgan kartoshkalardan ham tayyorlang va yangicha taomlar bilan yaqinlaringizni xursand qiling.
Chorshanba
«Alfredo» Fettuchini taomi, Kartoshka va rediskali salat
Odatiy taomlardan zerikib, yangicha ta’mli taom tayyorlashni istovchilar uchun ajoyib g’oya! Mayin qayla ostida tayyorlanilgan pasta o’zining mazasi bilan barchani xushnud qilishi aniq.
Payshanba
Do’lma, tuxum va rediskali salat
Do’lma – bu ko’pchiligimizning sevimli taomlarimizdan biri bo’lib, tok bargini hozir yoz-u qishda ham savdo rastalaridan xarid qilish mumkin.
Juma
Shilpildoq va tvorogli somsalar
Xamir va go’shtga boy bolgan shilpildoq taomi har yoshdagi insonlar orasida sevib istemol qilinadi.
Shanba
Qaylada pishirilgan tovuq va baqlajonli taom va lavashli pishiriq
Tovuq filesi va baqlajon birga pishirilganda, ajoyib ta’mli taom tayyorlanilar ekan. Bunga siz ham bu taomni pishirib ishonch hosil qilishingiz mumkin.
Yakshanba
Pomidorli qaylada pishirilgan frikalaedkalar, qovurilgan qovoqchalar va mazali keks
Bu tayyorlaydigan taomimiz italyan oshxonasiga mansub bo’lib, frikadelkalarga parmezan pishlog’i solinadi va pomidorli qayla bilan birga tortiladi.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.