Tunets balig’i va sabzavotlardan salat

Tunets balig’i va sabzavotlardan salat

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Yengil va parhezbop salatlarni xush ko’ruvchilarni hozirgi retseptimiz e’tiborsiz qoldirmasligi aniq.

Salatga solinadigan tunets balig’ining koni foyda ekanligi esa hech kimga siz emas. Shunday ekan, ham mazali, ham foydali yegulikdan bahra olish kerak.

Masalliqlar:

10 dona rediska
1 dona bodring
1 dona qizil sabzi
1 bog' salat bargi
yarim bog' shivit
1 banka konservalangan tunets balig'i
2 osh qoshiq zaytun yoki o'simlik yog'i
3 osh qoshiq limon sharbati
1 choy qoshiq suyuq asal
Qadam 1
Tugllandi

Rediska, bodring va qizil sabzini yupqa parrak yoki yarim parrak qilib to'g'raymiz.

Qadam 2
Tugllandi

Salat bargini yaxshilab yuvib, qo'lda bo'laklarga bo'lamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Kichikroq idishga asal, limon sharbati va yog''ni solib, yaxshilab aralashtirib olamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Kattaroq tog'orachaga to'g'ralgan sabzavotlarni, salat bargi va ko'katni solamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Tuz va murch sepib, ustidan yog'li aralashmani quyamiz. Likopchaga solamiz va ustidan tunets balig'i bo'lakchalarini terib, dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

10 dona rediska
1 dona bodring
1 dona qizil sabzi
1 bog' salat bargi
yarim bog' shivit
1 banka konservalangan tunets balig'i
2 osh qoshiq zaytun yoki o'simlik yog'i
3 osh qoshiq limon sharbati
1 choy qoshiq suyuq asal
oldingi
Limonli pirog
keyingi
Stuzzico kafesidan retsept: Spagetti vegan

Fikringiz