Noyabr: 3-hafta taomnomasi
Har kuni ertalabdan «Kechki ovqatga yana nima tayyorlasam ekan?» deb, bosh qotirmasligingiz uchun sizlarga o’zimizning hafta taomnoma ro’yxatimizni taqdim etamiz.
Dushanba
Asal-zanjabilli soyada pishirilgan tovuq qanotchalari. Tabule salati
Dushanba kuni sizlarga tayyorlashlariz uchun ajoyib ovqat mazali salatni taklif qilamiz.
Tovuq qanotchalari ham shirin ta’mni, ham achchiqlikni o’zida mujassamlagan qaylada ivib olguncha, tabule salatini tayyorlashga kirishamiz.
Bulgur bor ekan tarkibida deb xavotir olmang, hozirda bu don mahsulotini barcha savdo shaxobchalaridan topishingiz mumkin. Yangicha taom tayyorlab ko’rish ham kerak.
Seshanba
Kartoshkali graten va lavlagili salat
Agarda siz bundan oldin bu ovqatni allaqachon tayyorlab ko’rgan bo’lsangiz, unda bu oila a’zolaringizga yoqqan bo’lishi aniq. Agar hali ulgurmagan bo’lsangiz tezda bu xatoni tuzating.
Toblatma gaz pechida pishgunicha, qizil lavlagili salatni albatta uyda tayyorlangan mayonez bilan qilib ko’ring. Ortiqcha konservantlarga ne hojat.
Сhorshanba
«Bolonyeze» spagettisi va shokoladli keks
Bu spagetti juda mazali bo’lib, tayyorlash jihatidan ham qiyinchilik tug’dirmaydi. Asosiysi, spagettini ko’p qaynatish mumkin emas.
Ovqatdan keyin choy yoki qahva bilan shokoladli keksdanda ortig’i yo’q.
Payshanba
Meksikancha sho’rva va vitaminli salat
Chili kon karne – bu meksikancha to’yimli sho’rva sovuq qish mavsumida o’zining qizdiruvchi xususiyati bilan ham ko’pchilikka yoqadi. Bu sho’rvadan hali tayyorlab ko’rmagan bo’lsangiz, unda tezda bu xatoni tuzating.
Juma
Qaymoqli qaylada pishirilgan qiymali koptokchalar. Shokoladli yoriq pechenyelar
Qiyma go’shtdan bunday ajoyib taom pishirish mumkin deb kim ham o’ylapti deysiz. Ishonmasangiz, pishirib ko’ring va bunga amin bo’lasiz.
Shokoladli toriq pechenyelar ko’rinishi ham, ta’mi ham ajoyib shirinlikdir.
Shanba
Gulkaramdan quyuq sho’rva va qizil baliqdan gazak (brusketta)
Siz hali bunday quyuq sho’rva tayyorlamagan bo’lsangiz, unda buning ayni payti. Mayin va yoqimli ta’m bilan to’yintirilgan bu sho’rva hammaga birdek yoqadi.
Qo’shimcha sifatida esa ishtahaochar bruskettalarimizni ham tayyorlashingiz mumkin.
Yakshanba
Qiyma kabob, «Smak» salati va Shokoladli salyami
Yakshanba hambbir bayram, chunki aynan shu kuni barcha oila a’zolari yig’ilishadi. Shunday ekan bu kun bizning retseptlarimizdan foydalansangiz hammani quvontirgan bo’lasiz.
Qiymali kaboblar to’yimli bo’lib, unga qo’shimcha sifatida har xil qaylalarimizdan foylananing. Yoqimli ishtaha!