Shokoladli salyami

Shokoladli salyami

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Shokoladli salyami – yangi yil dasturxonini bezaydigan ajoyib pishiriq bo’lib, shirinlikni yoqtiradigan, lekin pishir- kuydirga toqati yo’q bekajonlar uchun ayni muddao.

Bu retsept hech kimdan yuksak mahoratni talab qilmaydi. Choy yoki qahva bilan juda yaxshi iste’mol qilinadi.

 

Masalliqlar:

400 gramm pechenye "Юбилейное" turidan
100 gramm qora shokolad
150 gramm sariyog'
3 osh qoshiq kakao kukuni
1 banka quyultirilgan sut
150-200 gramm yong'oq ta'bga ko'ra xohlagan yog'oq turlaridan foydalansa bo'ladi
ustiga sepish uchun shakar upasi
Qadam 1
Tugllandi

1-qadam

Sirli idishda shokolad bilan sariyog' eritiladi.

Qadam 2
Tugllandi

2-qadam

Keyin shakar, kakao va quyultirilgan sut qo'shiladi.
Hammasi qaynash darajasiga yetkaziladi. Qaynash jarayoni boshlanganda darhol gaz plitasi ustidan olinadi.

Qadam 3
Tugllandi

3-qadam

Alohida idishga pechenyelar uncha katta bo'lmagan bo'laklarga bo'linadi va yong'oq qo'shiladi.

Qadam 4
Tugllandi

4-qadam

Qaynoq shokoladli massaga pechenyelar solinadi va aralashtiriladi.
Aralashtirish jarayonida massamiz quyuqlashadi va silliqroq holatga keladi.

Qadam 5
Tugllandi

5-qadam

Stol ustiga oziq-ovqat pelyonkasi to'shaladi va ustiga hosil bo'lgan massa solinadi.
Pelyonkaga o'rab, kerakli shakl beriladi va 3-4 soatga muzlatgichga olib qo'yiladi.

Qadam 6
Tugllandi

6-qadam

3-4 soatdan keyin ustidagi pelyonka olinadi va shakar upasiga botirib olinadi.
Yuqoridagi masalliqlarimizdan 2 ta salyami hosil bo'ladi.
Bizning foydali maslahatlarimiz va retseplarimizni kuzatishda davom eting va telegram kanalimizga a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

400 gramm pechenye "Юбилейное" turidan
100 gramm qora shokolad
150 gramm sariyog'
3 osh qoshiq kakao kukuni
1 banka quyultirilgan sut
150-200 gramm yong'oq ta'bga ko'ra xohlagan yog'oq turlaridan foydalansa bo'ladi
ustiga sepish uchun shakar upasi
oldingi
Apelsinli keks
keyingi
Kartoshka – qadimiy usulda pishirish

Fikringiz