Lavlagili salat

Lavlagili salat

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Eng shirin va foydali lavlagi aynan kuzda pishadi. Hozir undan sho’rvalar pishirish, salatlar tayyorlash va shunchaki gazak sifatida ovqat bilan tortishning ayni payti.

Agar siz yangicha taom tayyorlashni istasangiz, bizning lavlagili salatimizga ahamiyat berishingizni tavfsiya qilamiz. Shirin lavlagi, to’yimli kartoshka, nordongina bodringlar, yorqin rang beruvchi sabzi va uyda tayyorlangan mayonez, bu retseptni e’tiborsiz qoldirib bo’lmaydi. Qo’l ostingizda mayonez topilmaydimi, bu endi hech kimni tashvishga solmasin, chunki bizning retsept asosida siz uni uy sharoitida 5 daqiqa ichida tayyorlay olasiz.

Masalliqlar:

2 ta qizil lavlagi
1-2 ta sabzi
5-6 ta marinadlangan bodring
1-2 ta kartoshka
1 bosh piyoz piyoz
100 gramm mayonez
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugllandi

Lavlagi, sabzi va kartoshkai qaynatib, sovutib olinadi.

Qadam 2
Tugllandi

Sabzavotlar archilib, o’rtacha to'rtburchak shaklda to’g’raladi.
Bodringlarni ham shunday, faqat yirikroq qilib to’g’rang.
Piyozni ingichka halqalarga kesib chiqing.

Qadam 3
Tugllandi

Barcha sabzavotlarni katta idishga soling. Mayonez, ta'bga qarab tuz va murch qo’shing va aralashtiring.

  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

2 ta qizil lavlagi
1-2 ta sabzi
5-6 ta marinadlangan bodring
1-2 ta kartoshka
1 bosh piyoz piyoz
100 gramm mayonez
ta'bga qarab tuz va murch
oldingi
Videoretsept: uy sharoitida mayonez tayyorlash
keyingi
Loviya, pomidor va ko’katlardan salat

Fikringiz