Qizil baliqdan gazak (brusketta)

Qizil baliqdan gazak (brusketta)

Taomlari:

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bizda yangi yilga tayyorgarlik avjida! Brusketta- qovurilgan non bo’laklari bo’lib, ustiga  har xil asoslar qo’yiluvchi, tayyorlanishi oddiy, o’zi juda mazali bo’lgan gazak sanaladi.

Sizlarga bugun ajoyib ta’mli qizil baliqdan tayyorlaniladigan turini taklif qilamiz. Qizil baliq sifatida lasos yoki foreldan foydalanishingiz mumkin.

Masalliqlar:

6 ta oq non bo'laklari (tost)
100 gramm tvorogli pishloq
30 gramm qattiq pishloq
1 tishcha sarimsoqpiyoz
2-3 shoxcha shivit
2-3 poya ko'k piyoz
6 bo'lak me'yoridan past tuzlangan lasos yoki forel balig'i
1 ta bodring
1 osh qoshiq zaytun moyi
ta'bga ko'ra tuz va murch
Qadam 1
Tugllandi

Tostlardan pechenyelarda ishlatiladigan qolipchalardan aylana shakllar kesib olinadi.

Qadam 2
Tugllandi

Ozroq zaytun yog'i sepib, gril-tovada qovurib olinadi.
Yoki 200 C darajada qizdirilgan gaz pechida qizartirib olinadi.

Qadam 3
Tugllandi

Har bir non bo'lagiga sarimsoqpiyoz yarim tishchasi ishqalanib, surtiladi.

Qadam 4
Tugllandi

Tvorogli pishloqqa qattiq pishloq, sarimsoqpiyozning yarim tishchasi qo'shiladi va silliq holga kirguncha blenderda eziladi.

Qadam 5
Tugllandi

Maydalangan ko'katlar qo'shiladi, ta'bga ko'ra tuz va murch sepiladi.
Pishloqli massa non bo'laklari ustiga surtib chiqiladi.

Qadam 6
Tugllandi

Bodring sabzavot kesishga mo'ljallangan pichoqda yupqa uzun tilimlarga kesiladi.
Kesilgan bodring, baliq bo'laklari va ko'kat shoxchalari bilan brusketta usti chiroyli bezatiladi.

  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

6 ta oq non bo'laklari (tost)
100 gramm tvorogli pishloq
30 gramm qattiq pishloq
1 tishcha sarimsoqpiyoz
2-3 shoxcha shivit
2-3 poya ko'k piyoz
6 bo'lak me'yoridan past tuzlangan lasos yoki forel balig'i
1 ta bodring
1 osh qoshiq zaytun moyi
ta'bga ko'ra tuz va murch
oldingi
Gruzincha salat
keyingi
Tovuq va qo’ziqorinli julyen taomi

Fikringiz