Videoretsept: Yong’oq qo’shilgan shokoladli keks

Videoretsept: Yong’oq qo’shilgan shokoladli keks

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Havo sovib boshlagan paytlarda, uyda o’ranib o’tirib, issiqqina kakao bilan og’izda erib ketadigan shokoladli keksdan bahramand bo’lishga nima yetsin! Bunday rohatlanishdan voz kechmang! Biz keks pishirish jarayonini tasvirga tushirdik. Siz ham tomosha qiling va kelayotgan dam olish kunlarida pishirishga harakat qiling.

 

 

Masalliqlar:

200 gramm un
3 ta tuxum
200 gramm smetana
200 gramm shakar
200 gramm margarin yoki sariyog'
50 gramm kakao kukuni
100 gramm qora shokolad
60 gramm yong'oq
1 choy qoshiq qabartma
Qadam 1
Tugllandi

Katta idishda sariyog' bilan shakar ko'pirtiriladi.

Qadam 2
Tugllandi

Sariyog'li aralashmaga tuxum bitta-bitta solinadi va yaxshilab aralashtiriladi.

Qadam 3
Tugllandi

Un elakdan o'tkazilib, qabartma bilan yuqoridagi aralashmaga solinadi va yana ko'pirtiriladi.

Qadam 4
Tugllandi

Hosil bo'lgan massaga smetana solib aralashtiriladi.
Undan so'ng, kakao, shokolad bo'laklari va yong'oq solib, aralashtiriladi.

Qadam 5
Tugllandi

Keks qolipiga yog' surtiladi, un sepib, xamir solinadi.

Qadam 6
Tugllandi

Xamir solgan qolipni 180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga qo'yiladi va 45 daqiqa davomida pishirib olinadi.
Pishgan keksimiz biroz sovutiladi va likopga ag'dariladi.
Xohishga qarab ustiga shakar upasi sepiladi yoki eritilgan shokolad quyiladi.
Yangiliklarga boy mazali retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

200 gramm un
3 ta tuxum
200 gramm smetana
200 gramm shakar
200 gramm margarin yoki sariyog'
50 gramm kakao kukuni
100 gramm qora shokolad
60 gramm yong'oq
1 choy qoshiq qabartma
oldingi
Pesto qaylasi
keyingi
Hyatt Regency mehmonxonasining retseptlari: qovurilgan jo’ja

4 Sharhlar Hide Comments

Wu keksdan 2 kun oldin qildim, 45min gazda piwigandan kn olb kesb ichini korganmda piwmaganakan yana 15minutga gazga qoydim. Wundan keyin ham keksim iwmagan ichi berch bolib chiqti.

Assalomu aleykum! Qanday qabartmadan foydalangan edingiz? Hozirda soxta “poddelka”lari juda ko’payib ketgan. Keksning ishishi esa qabartmaga bog’liq.

Fikringiz