Meksikancha sho’rva

Meksikancha sho’rva

Taomlari:

    Masalliqlar:

    Yo’nalishlar

    Chili kon karne – bu meksikancha to’yimli sho’rva sovuq qish mavsumida o’zining qizdiruvchi xususiyati bilan ham ko’pchilikka yoqadi. Bu sho’rvadan hali tayyorlab ko’rmagan bo’lsangiz, unda tezda bu xatoni tuzating.

    Bu sho’rvani tayyorlash juda ham oson bo’lib, bir marta tayyorlab ko’rsangiz bas, sevimli ovqatlaringiz ro’yxatidan joy olishi aniq. Bu sho’rvaning oddiy retseptida faqatgina loviya qo’shiladi. Biz esa Jeymi Oliverning retseptidagidek, bu sho’rvaga qaynatilgan no’xat ham solamiz.

    Loviya va no’xatni bir kun oldin ivitib qo’yamiz, so’ng alohida idishlarda pishgunicha qaynatamiz. Xom loviya o’rniga konservalangan loviyadan ham bemalol foydalanishingiz mumkin.

    Masalliqlar:

    Adjust Servings:
    600 gramm mol go'shtidan qiyma
    2 ta piyoz
    2 tishcha sarimsoqpiyoz
    4 ta pomidor
    2 osh qoshiq pomidor pastasi
    ta'bga qarab zira
    ta'bga qarab tuz va murch
    1 dona achchiq qalampir
    400 gramm qaynatilgan qizil loviya
    200 gramm qaynatilgan no'xat
    500 millilitr bulyon
    3-4 osh qoshiq o'simlik yog'i
    yarim bog' kashnich
    4 osh qoshiq smetana
    Qadam 1
    Tugllandi

    Tova yoki qozonga yog'ni solib qizdiramiz.

    Piyoz va sarimsoqpiyozni mayda to'g'rab, qovurib olamiz.

    So'ng qiymani solib 5 daqiqa davomida qovuramiz.

    Qadam 2
    Tugllandi

    Pomidorlarni po'stidan tozalab, mayda to'g'raymiz va qiyma ustidan solamiz.

    Mayda to'g'ralgan achchiq qalampir va ziravorlarni solamiz.

    Yana 3-4 daqiqa qovuramiz, so'ng qopqog'ini yopib olovini pasaytiramiz.

    10 daqiqa davomida dimlab olamiz.

    Qadam 3
    Tugllandi

    Pomidor pastasini solib aralashtiramiz, so'ng esa loviya va no'xatni solamiz.

    Qadam 4
    Tugllandi

    Bulyonni solib qaynash darajasiga keltiramiz.

    Tuzini rostlab, yana 10 daqiqa qaynatamiz. Sho'rvamiz tayyor!

    Chili kon karne sho'rvasini smetana va to'g'ralgan kashnich bilan birga dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!

    Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

    • 60 daqiqa
    • Serves 4
    • O’rtacha

    Share it on your social network:

    Or you can just copy and share this url

    Masalliqlar:

    Adjust Servings:
    600 gramm mol go'shtidan qiyma
    2 ta piyoz
    2 tishcha sarimsoqpiyoz
    4 ta pomidor
    2 osh qoshiq pomidor pastasi
    ta'bga qarab zira
    ta'bga qarab tuz va murch
    1 dona achchiq qalampir
    400 gramm qaynatilgan qizil loviya
    200 gramm qaynatilgan no'xat
    500 millilitr bulyon
    3-4 osh qoshiq o'simlik yog'i
    yarim bog' kashnich
    4 osh qoshiq smetana
    oldingi
    Yeryong’oqli pasta
    keyingi
    Batafsil fotoretsept: «Chumoli uyasi» torti

    Fikringiz