Kartoshkali toblatma (graten)

Kartoshkali toblatma (graten)

Taomlari:

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Sovuq va izg’irin qish – to’yimli va isituvchi ovqatlar iste’mol qilish mavsumi. Kartoshkali toblatma aynan shunday ovqat hisoblanadi. Yumshoq, xushbo’y hidga ega, og’izda eriydigan bu toblatmani, asosiy taom sifatida ham, taomga qo’shimcha gazak sifatida ham tanovul qilsa bo’ladi.

Graten – gaz pechida qizartirib pishiriladigan ovqat bo’lib, unga ishlatiladigan kartoshka a’lo darajali bo’lishi kerak. Ya’ni: o’rtacha qattiqlikda va katta-katta. Pishloq xohishga qarab tanlanadi. Sarimsoqpiyoz va ziravorlarni ayamang, chunki toblatmamiz mazzasi shu ziravorlarga bog’liqdir!

Masalliqlar:

0,5 kilo kartoshka
100 millilitr qaymoq
100 millilitr sut
1 tishcha sarimsoqpiyoz
50 gramm qattiq pishloq
0.5 choy qoshiq maydalangan muskat yong'og'i
pishiriq idishiga surtish uchun sariyog'
ta'bga ko'ra tuz va murch
Qadam 1
Tugllandi

Qayla tayyorlab olinadi: Sut bilan qaymoq aralashtirilib, ustidan maydalangan sarimsoqpiyoz, tuz, murch va maydalangan muskat yong'og'i solinadi.
Aralashtiriladi va chetga olib qo'yiladi.

Qadam 2
Tugllandi

Kartoshka archilib, yupqa aylana shaklda tog'raladi.

Qadam 3
Tugllandi

So'ng yog' surtilgan idishga kartoshka uch qavat qilib teriladi va ustidan qaylaning bir qismi solinadi. Qolgan kartoshkalar ham teriladi.
Ustidan qaylaning hammasi quyib chiqiladi.

Qadam 4
Tugllandi

Idish usti zar qog'oz bilan yopiladi va 180 C darajada 40-45 minut davomida gaz pechida pishirib olinadi.

Qadam 5
Tugllandi

Keyin toblatma ustidagi zar qog'oz olib tashlaniladi va pishloq qirg'ichdan o'tkazilib, ustiga sepiladi va qizarguncha 10 daqiqa davomida qizartirib olinadi.
Yangiliklarga boy mazali retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga a'zo bo'ling.

  • Oddiy
  • 180 C- 200 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

0,5 kilo kartoshka
100 millilitr qaymoq
100 millilitr sut
1 tishcha sarimsoqpiyoz
50 gramm qattiq pishloq
0.5 choy qoshiq maydalangan muskat yong'og'i
pishiriq idishiga surtish uchun sariyog'
ta'bga ko'ra tuz va murch
oldingi
Qaynatma krem tayyorlash qoidalari
keyingi
Iste’mol sodasi bilan pishirilgan non

2 Sharhlar Hide Comments

Fikringiz