Fevral: 1-hafta taomnomasi

Taomnonama ro’yxatini oldindan tuzib qo’ying, kerakli mahsulotlarni bozor kuni xarid qiling, shunda har bir kuningizni rejalashtirib qo’yganingizga amin bo’lasiz.
Dushanba
Norin, rukkola, rediska va pomidordan salat
Norin o’zbek milliy taomlari orasida eng mazali va sevimlilaridan biri bo’lib, ko’pchilik uni tayyorlash juda murakkab deb o’ylaydi. Lekin aslida unday emas. Bizning maslahatlarga tayanib, siz ham norinni tez va oson tayyorlay olishingiz mumkin.
Sabzavotlardan tayyorlanilgan yengilgina salat bilan bu taom ayni muddaodir.
Seshanba
Moshxo’rdadan tayyorlanilgan quyuq sho’rva, bodring va yashil no’xat solib tayyorlaniladigan tovuqli salat
SalSal restorani bosh oshpazidan original retsept bo’yicha yangicha taom tayyorlab ko’ring va taomnoma ro’yxatingizni boyiting.
Chorshanba
Videoretsept: tovuq go’shtidan ajoyib taom va fransuzcha salat
Tovuqning to’shidan yumshoq va mazali taom tayyorlashni istaysizmi? Tovuq, pishloq va pomidorlar – bu masalliqlar xuddi bir-biri uchun yaratilgandek go’yo. Bu taom chiroyli ko’rinishga ega bo’lgani uchun ham uni bayram dasturxoningizda ham tayyorlasangiz bo’ladi.
Payshanba
Samarqandcha palov, tuxum va rediskali salat
Samarqandcha palovni xush ko’rmaydiganlar oramizda topilmasa kerak. Bunday oshdan tayyorlamaganlar orangizda bo’lsa, unda hozir ayni payti, chunki bugun payshanba, ko’pchilik osh pishiradigan kun. Palovning turli xillarini pishirib ko’ring va bahp bering.
Juma
Qaynatma sho’rva va qatlamali somsalar
Bizlarda hech qaysi hafta tobida qaynab pishgan qaynatma sho’rvalarsiz o’tmaydi, uyda pishirilgan somsalar bilan esa rohati jondir.
Shanba
Mol go’shtidan stir-fray taomi, tovuq va pishloqli salat
Bu taom Stir-fray bo’lib, bu usulda taom dimlanmasdan balki, yuqori olovda ketma-ket qovurib olinadi. Sabzavotlar bunda o’zining foydali xususiyatlarini yo’qotishmaydi.
Yakshanba
Tuxumli bifshteks, Shokolad va yong’oqli o’rama pirog.
Pazandachilikda hech narsadan xabari yo’q, endi o’rganishni boshlayotganlar ham pishira oladigan oddiy va mazali retseptlarimizdan birini bugun sizlarga taklif qilamiz. Bu ovqatni yaxshiroq hazm qildirish uchun esa bizda maxsus salat ham bor. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.