Qatlamali xamirdan somsalar

Qatlamali xamirdan somsalar

Taomlari:

Masalliqlar:

  • Xamiriga

  • Asosiga

  • Somsaning ustiga

Yo’nalishlar

Bugun sizlar bilan eng mazali milliy pishirig’imiz bo’lgan – somsalar tayyorlaymiz. Hozirda do’kon-u bozorlarda barcha yarim mahsulotlargacha tayyor bo’lib, ularni uyda tayyorlashingizga hech hojat qolmagan. Lekin uyda, o’z qo’llaringiz bilan pishirilgan taomga hech narsa teng kelmaydi.

Bugun sizlarga somsa uchun qilinadigan qatlamali xamirdan somsalar pishirishni ko’rsatib beramiz. Xamirini tayyorlashni bu yerda ko’rsatib berganmiz. Marhamat kuzating va baho bering.

Masalliqlar:

Adjust Servings:
Xamiriga
400 gramm un
120 millilitr tuzli suv
1 ta tuxum
30 millilitr o'simlik yog'i
Asosiga
300 gramm qiyma
2 ta piyoz
ozroq o'simlik yog'i agar qiymangiz yog'li bo'lsa shart emas
ta'bga qarab tuz va murch
ta'bga qarab zira
Somsaning ustiga
1 ta tuxum sarig'i
sepish uchun sedana
Qadam 1
Tugllandi

Somsa uchun asosni tayyorlab olamiz

Piyozni mayda to'rtburchak shaklda to'g'raymiz va qiymaga solamiz.

Ustidan o'simlik yog'i va ziravorlarni solib aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugllandi

Xamirni oldinroq bizning retsept asosida tayyorlaysiz. Agarda allaqachon tayyorlagan bo'lsangiz ularni muzlatgichdan olasiz.

Qadam 3
Tugllandi

Har bir xamir bo'lakchalari taxminan 0,7 qalinlikda yoyiladi.

Qadam 4
Tugllandi

Barchasini yoyib bo'lganingizdan so'ng qiymani taqsimlaysiz. Taxminan 2 osh qoshiqdan to'g'ri keladi.

Qadam 5
Tugllandi

Somsalarga har kim o'z xohishicha shakl berishi mumkin. Bizlar uchburchak shaklda pishirishga qaror qildik.

Qadam 6
Tugllandi

Patnisga pergament qog'oz to'shab, ustidan somsalarni terib chiqamiz.

Somsalarni ustiga tuxum sarig'i surtib chiqamiz va sedana sepib bezatamiz.

Qadam 7
Tugllandi
Qadam 8
Tugllandi

180 C qizdirilgan gaz pechida usti tillarangga kirgunicha, 45 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • Serves 4
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Adjust Servings:
Xamiriga
400 gramm un
120 millilitr tuzli suv
1 ta tuxum
30 millilitr o'simlik yog'i
Asosiga
300 gramm qiyma
2 ta piyoz
ozroq o'simlik yog'i agar qiymangiz yog'li bo'lsa shart emas
ta'bga qarab tuz va murch
ta'bga qarab zira
Somsaning ustiga
1 ta tuxum sarig'i
sepish uchun sedana
oldingi
«Mujskoy kapriz» salati
keyingi
Shokolad va yong’oqli o’rama pirog

8 Sharhlar Hide Comments

Ushbu sahifani anchadan beri kuzatam. Milliy va dunyo taomlarining retsepti bilan birgalikda sahifadagi taomlarning o’zgacha did bilan bezatilgan holda foydalanuvchilarga yetkaziladi

Assalomu aleykum! Men zira.uz ga a’zo bo’lganimdan beri har bir retseptni diqqat bilan o’qib, uni tayyorlab korishga harakat qilaman. Ziradagi retseptlar juda sodda, ajoyib, asosiysi hammaga birday yoqadi. Qatlamali somlalarga keladigan bolsak, men uchun bu retsept aynan kerakli narsa edi! Chunki somsalarim hech oxshamasdi uyalardim shundan. Sizlarni retseptlaring asosida qatlamali somsa tayyorlab korganimda esa togrisi qoyli qoldim! Juda ajoyib! Zira.uzni yanada rivojlantirish kerak. Chunki bizga aynan shunaqa sayt kerak edi. Ta’rifaga til ojiz. Man zira.uzdan minnatdorma!!!

Ассалому алейкум ажойиб зира уз сайтининг гузал хонимлари. Бир биридан чиройли маззали энг асосийси оддий уй шароитида тайерланадиган пишириклар учун катта рахмат.Айникса видео роликларда курсатиладиганларини еш кизчалар хам пишириши осон экан. шундай рухда давом этишингизни ва бундан хам ривожланишингиз тарафдориман. Бир нечта пиширикларни пишириб курдим ва хар сафар кутилган натижага эга булдим. Айникса чак чак ва гуштли овкатлариз жуда екди

Assalomu Aleykum Va Raxmatullohu Barakotuh.Man Zira.uz kanaliga azo buganimdan beri ancha narsalani urganib oldim.Sizlarni retseptlarizdan foydalanib Koreya republikasida Uzbekiston yosh kelinlariga hamda Koreyadagi qushni qizlargayam sizdan urgangan milliy taomlarimizdan qulimdan kelgancha urgatishga xarakat qildim.Tayyorlab kursatgan qatlama somsalarizga gap bulishi mumkinmas Koreyadagi universitetda b.b utgan oshpazlar konkursiga qatnashib qatlamali somsalarim b.n oliy urinladan egalladim. Buning uchun sizga katta raxmat. Siz quyib borayotgan xar bir taomni kurib qilishga xarakat qilaman.Sahifada taomladan tashqari sifatli maxsulot tanlab xarid qilishimizgacha quyib borasila buning uchun Zira.uz sahifasiga va ijodiy guruxlarizga katta raxmat bizga yangilikla quyib borishdan charchamela siladan minnatdorman😋😋 ☺

Assalomu aleykum, Shaxnoza! Samimiy fikrlaringiz va e’tiboringiz uchun rahmat! Siz azizlarga foydamiz tegayotganidan juda ham xursandmiz. Sizning ham o’qish va ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

Fikringiz