Videoretsept: Tuxumli bifshteks

Videoretsept: Tuxumli bifshteks

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bifshteks ko’pchilikning sevimli taomlaridan biri bo’lib, mazali bo’libgina qolmasdan juda to’yimli hamdir. Chunki unda qiymadan tashqari qovurilgan tuxum ham mavjud.

Bu bifshtekslarni eritilgan sariyog’da pishirsangiz, balki ko’rinishi unchalik chiroyli chiqmas, ammo ta’mi juda ham ajoyib chiqadi.

Masalliqlar:

Adjust Servings:
500 gramm qiyma
200 gramm piyoz
ta'bga qarab tuz va murch
6 ta tuxum
50 gramm eritilgan sariyog' (топленое масло)
Qadam 1
Tugllandi

Qiymaga piyozni mayda to'g'rab solamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Tuz va murchni sepamiz va qo'lda yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugllandi

Qiymali aralashmani qo'lda yaxshilab to'mtoqlaymiz, ya'ni olib yana idishga otamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Qiymadan kulchachalar yasab chiqamiz. Ularni pichoqda tekislab olamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Eritilgan sariyog'dan 3 osh qoshiq tovaga solamiz va bifshteksimizni har bir tarafini 4-5 daqiqadan qovurib olamiz.

Qadam 6
Tugllandi

So'ng ozgina suv solib dimlab qo'yamiz.

Qadam 7
Tugllandi

Tovaga yog' solib, tuxumlarni past olovda qovuramiz.

Qadam 8
Tugllandi

Tuzni faqatgina tuxumning oqi ustiga sepamiz.

Qadam 9
Tugllandi

Aylana qolipchada tuxumlarni kesib olamiz va qiymali kotletchalarning ustiga qo'yamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • Serves 4
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Adjust Servings:
500 gramm qiyma
200 gramm piyoz
ta'bga qarab tuz va murch
6 ta tuxum
50 gramm eritilgan sariyog' (топленое масло)
oldingi
Tiramisu
keyingi
Shokoladli “Pavlova”

Fikringiz