Videoretsept: Samarqandcha palov

Videoretsept: Samarqandcha palov

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Samarqandcha palovni xush ko’rmaydiganlar oramizda topilmasa kerak. Bunday oshdan tayyorlamaganlar orangizda bo’lsa, unda hozir ayni payti!

Samarqandcha palovda toshkentdagidan farqliroq, guruch bilan sabzi aralashtirilmaydi, balki ustma-ust suziladi.

 

 

Masalliqlar:

700 gramm guruch
500 gramm mol yoki qo'y go'shti
700 gramm sabzi
1 bosh piyoz
200 gramm ivitilgan no'xat
200 millilitr o'simlik yog'i
ta'bga qarab tuz va murch
1 choy qoshiq zira
1 bosh sarimsoqpiyoz
Qadam 1
Tugllandi

Sabzini archamiz va somoncha shaklida to'g'raymiz.

Qadam 2
Tugllandi

Qozonga yog'ni solib qizdiramiz.

Qadam 3
Tugllandi

Go'shtni solib, tillarangga kirgunicha yaxshilab qovuramiz.

So'ng ustidan piyozni yarim halqa to'g'ralgan piyozni solamiz va birga qovuramiz.

Qadam 4
Tugllandi

Sarimsoqpiyozni yuvib butunligicha solamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Sabzini solamiz, ustidan ivitilgan no'xatni (xohishga qarab no'xatni 1-2 soat qaynatish mumkin) ham solib, murch va zirani sepamiz.

Qadam 6
Tugllandi

Yarim soatga dimlab qo'yamiz.

Qadam 7
Tugllandi

So'ng guruchni yaxshilab yuvamiz, zirvak ustidan bir tekis qilib solamiz.

Kapkirga tuzni solamiz va ustidan qaynoq suv quyamiz. Suvimiz guruchdan taxminan 0.5 sm teparoq bo'lsin.

Qadam 8
Tugllandi

Olovni tagini balandlatamiz va guruch suvni oxirigacha tortgach, uni kapkir yordamida gumbaz qilib qo'yamiz.

Pichoq yoki kapkirning qo'li yordamida guruchning bir necha joyini teshib chiqamiz.

Qadam 9
Tugllandi

So'ng qopqoqini yopib, 30 daqiqaga dimlab qo'yamiz.

Bu vaqt oralig'ida faqatgini guruch qismini 2-3 marta ag'darib turamiz.

Qadam 10
Tugllandi

Guruch pishganiniga ishonch hosil qilganimizdan so'ng uni suza boshlaymiz.

Laganga avval guruchni o'zini, ustidan sabzini va go'shtini suzamiz. Go'shtlarini to'g'rab ustiga qo'yamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

700 gramm guruch
500 gramm mol yoki qo'y go'shti
700 gramm sabzi
1 bosh piyoz
200 gramm ivitilgan no'xat
200 millilitr o'simlik yog'i
ta'bga qarab tuz va murch
1 choy qoshiq zira
1 bosh sarimsoqpiyoz
oldingi
Brauni
keyingi
Merengali brauni

Fikringiz