Yanvar: 2-hafta taomnomasi
Taomnonama ro’yxatini oldindan tuzib qo’yib, «bugun nima tayyorlasam ekan?!» degan savoldan batamom qutuling va ortgan vaqtingizni esa sevimli mashg’ulotlaringiz va oilangizga bag’shlang.
Dushanba
Qovurilgan kartoshka va qo’ziqorin, Qisqichbaqali tayoqchalardan mazali salat va «Chumoli uyasi» torti
Qovurilgan kartoshka va qo’ziqorin ko’pchilikning sevimli taomi bo’lib, kerakli masalliqlar esa deyarli hammamizning uyimizdan topiladi. Agarda siz ham qisqichbaqa tayoqchalari qo’shilgan salatlarni xush ko’rsangiz, unda bugungi yangicha salatimiz aynan siz uchun!
Seshanba
Meksikancha sho’rva va mujskoy kapriz salati
Chili kon karne – bu meksikancha to’yimli sho’rva sovuq qish mavsumida o’zining qizdiruvchi xususiyati bilan ham ko’pchilikka yoqadi. Bu sho’rvadan hali tayyorlab ko’rmagan bo’lsangiz, unda tezda bu xatoni tuzating.
Chorshanba
Bozor xonim va pentuza salati
Agarda siz bozor xonimdan ta’tib ko’rgan bo’lsangiz, unda uning qanchalik mazali ekanligidan xabaringiz bor. Uyda, o’z qo’llaringiz bilan pishirilgan xonim esa hammasidan ham a’lodir. Pentuza salati bizlarning eng sevimli salatlarimizdan biridir. Bu salatni bizning usulda tayyorlasangiz, haqiqiy koreyscha pentuzadan umuman farq qilmasligiga guvoh bo’lasiz.
Payshanba
Qo’ziqorin va pishloq qo’shilgan tovuqli taom
Tovuqli taomlarni xush ko’ruvchilar uchun ajoyib retsept! Qo’ziqorin va pishloq qo’shib pishiriladigan mazali tovuqli taom. Bunday ajoyib uyg’unlikdagi taom, har bir oila a’zolaringizga yoqishi aniq.
Juma
Shovla, Turkcha «go’zleme» pishirig’i va nemischa salat
Bizlarda hech qaysi hafta mazali va yumshoqina shovlasiz o’tmaydi, unga qo’shib esa ajoyib ta’mli turkcha go’zlemalardan pishirib ko’ring.
Shanba
Hyatt Regency mehmonxonasidan retsept: Qozon kabob va Kesadilya salati. Oq shokoladdan qilingan blondi keksi.
Qozon kabob bu bizlarning eng sevimli, shu bilan birga juda to’yimli taomlarimizdan biridir. Uning mazali chiqishi uchun kerakli mahsulotlarni to’gr’i solish va asosiysi taomni xush kayfiyatda pishirish kifoyadir!
Yakshanba
Qovurdoq, qo’ziqorin va sabzavotli salat, shokolad va yong’oqli o’rama pirog.
Yakshanba kuyni biz o’zbeklar tansiq taom yeyishga odatlanganmiz. Kelinglar, bugun ham shu odatga sodiq qolgan holda qovurdoqdan pishirsak. Qovurdoq bu oddiy masalliqlardan tayyorlaniladigan juda mazali taom bo’lib, oson pishiriladi. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.