fbpx
Nemischa salat

Nemischa salat

Taomlari:

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Qaynatilgan kartoshka va vetchinadan tayyorlaniladigan bu salat Germaniyada juda ham mashhur bo’lib, tayhorlanilishi oddiy bo’lsada, ammo ta’mi juda ham mazali.

Bu retsept ko’p mamlakatlarda mashhurligi sabab, uni har kim o’z bilganicha tayyorlaydi.

Masalliqlar:

500 gramm kartoshka
300 gramm marinadlangan bodring
1 bosh katta piyoz
yarim bog' petrushka
ta'bga qarab tuz va murch
1 osh qoshiq o'simlik yog'i
150-200 gramm dudlangan go'sht
1 osh qoshiq olma sirkasi
Qadam 1
Tugllandi

Piyozni po'stini archib, yupqa yarim parrak qilib to'g'raymiz va tog'orachaga solamiz. Ustidan tuz sepib, ohista aralashtirib olamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Marinadlangan bodringlarni o'rtacha qalinlikda parrak qilib to'g'raymiz. Bankadagi suvini esa to'g'ralgan piyoz ustidan quyib, chetga olib qo'yamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Kartoshkani qaynatib olamiz, sovutib, po'stidan tozalaymiz va to'rtburchak qilib to'g'raymiz.

Qadam 4
Tugllandi

Petrushkani ham to'g'rab, idishga solamiz. Hamma mahsulotlarimizni bitta idishga birlashtiramiz. Piyozni suvini to'kib, uni ham solamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Ruz va murch sepamiz, olma sirkasi va o'simlik yog'idan solamiz. Yaxshilab aralashtirib, dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

500 gramm kartoshka
300 gramm marinadlangan bodring
1 bosh katta piyoz
yarim bog' petrushka
ta'bga qarab tuz va murch
1 osh qoshiq o'simlik yog'i
150-200 gramm dudlangan go'sht
1 osh qoshiq olma sirkasi
oldingi
Vidioretsept: yaponcha chizkeyk
keyingi
Tovuq yurakchalaridan taylandcha taom

Fikringiz